Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Fayziobod mahallasida ayollar tadbirkorligi rivojlanmoqda

Toshkent tumani Fayziobod mahallasi
yoshlar yetakchisi hududida istiqomat qiluvchi yoshlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrib kelmoqda.

Xususan, oliy taʼlimda oʻqib kelayotgan baʼzi yoshlarning kontrakt toʻlovlarini toʻlab berilishiga yordam bergan boʻlsa, yigitlarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash uchun BXMning 20 barobari miqdoridagi pul mablagʻlari oʻtkazilishida oʻz tavsiyasi asosida koʻmaklashgan.

Fayziobod mahallasi Bogʻi eram koʻchasida istiqomat qiluvchi yoshlarga esa kredit asosida tikuv mashinasini xarid qilishga yordamlashib, oilaning daromad manbai oshishiga oʻz hissasini qoʻshgan.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yoshlar yetakchisi nimalar bilan band?

Toshkent tumani Hiyobon mahallasi
yoshlar yetakchisi Davron Nabiyev mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida koʻplab ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, yoshlarga kredit ajratilishida koʻmaklashish, kontrakt toʻlovlari toʻlab berilishida tashabbus koʻrsatish, ishga joylashtirish va oʻqitish xarajatlarini qoplab berish singari ishlar shular jumlasidandir.

📹 Hiyobon mahallasi yoshlar yetakchisi Davron Nabiyev faoliyatining bir qismi yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Nilufarning orzulari ushaldi


Toshkent tumani Mustaqillik mahallasi yoshlar yetakchisi Nodirabegim Abdullayeva mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 606 nafar yoshning har biri Nodirabegim eʼtiborida va ularga doim yordam qoʻli choʻziladi.

Mahallada istiqomat qiluvchi Nilufar Karimboyeva esa yoshlar yetakchisi eʼtibori natijasida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan yoshlardan. Bugun uning orzularining bir qismi ushaldi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

"Optimist education center" oʻquv markazi ish boshladi


Toshkent tumani Tutzor mahallasi yoshlar yetakchisi yordami bilan yana bir oʻquv markazi oʻz faoliyatini boshladi.

Bu esa mahalla oʻquvchi-yoshlarining quvonchiga sabab boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mamlakatimizda oʻquv markazlarining tashkil qilinib, faoliyat olib borayotganligi albatta, yoshlarning mukammal bilim egallashlari uchun yana bir imkoniyatni yaratib bermoqda, desak adashmaymiz.

Oʻz faoliyatini boshlagan "Optimist education center" oʻquv markazi ham aynan yoshlarning bilimini mustahkamlash, ingliz, rus, arab tili fanlaridan hamda mental arifmetikadan chuqur va mukammal taʼlim berish maqsadida tashkil qilindi. Bugungi kunda ushbu oʻquv markazga tajribali pedagoglar jalb qilingan boʻlib, deyarli barcha fanlarni oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Qiziqishini daromadga aylantirgan ayol


Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi Sevar Poʻlatova yoshligidan tikuvchilikka qiziqib kelgan. Turmushga chiqib, farzandli boʻlganidan soʻng esa, oilasiga iqtisodiy koʻmaklashish maqsadida kasbini daromad manbaiga aylantirishni reja qildi.

Oradan koʻp vaqt oʻtmay mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qilgan Sevaraga hokim yordamchisi tavsiya asosida ikkita tikuv mashinasi subsidiya asosida olib berildi.

Toshkent tumani Mustaqillik mahallasi yoshlar yetakchisi Nodirabegim Abdullayeva Sevara singari yoshlarni doimiy qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Bogʻbon mahallasida aholi ish bilan taʼminlanmoqda


Toshkent tumani Bogʻbon mahallasida 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ulardan 832 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar.

Mahallaning yoshlar yetakchisi Dilafruz Arslonova ana shu yoshlarning 9 nafarini xatlov natijasida "Yoshlar daftari"ga kiritib, bugungi kunga qadar ularning 8 tasiga yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻldi.

Ulardan biri Umida Tursunboyeva. Bogʻbon mahallasida istiqomat qiluvchi Umidaga Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Bugungi kunga kelib, U. Tursunboyeva nafaqat oʻz oilasiga daromad olib kirmoqda, balki mahallada istiqomat qiluvchi ayollarni ham ish bilan taʼminlashga erishdi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Ilmga chanqoq
yoshlar safi kengaymoqda

...Bunda albatta
Yoshlar ishlari Agentligining yordami katta.

Xususan, Toshkent tumani Qashqarlik mahallasida yashovchi Hasan Sodiqjonovga mahalladagi yoshlar yetakchisi Ernest Menlyazov tavsiyasiga koʻra oliy taʼlimdagi toʻlov kontrakt summasining 50 foizi toʻlab berildi.

Qashqarlik mahallasida 2 ming 260 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 601 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar hisoblanib, 2023-yilda ularning 15 tasi "Yoshlar daftari"ga kiritildi va yordam koʻrsatildi.

H. Sodiqjonov ana shu yoshlardan biri. Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti 1-chi bosqich talabasi boʻlgan Hasanjon bu yordamdan mamnun va kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishga harakat qilishini bildirdi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yoshlarning murojaatlari mahallaning oʻzida hal boʻlmoqda


Yoshlar — ijtimoiy-siyosiy makonda muhim kuch, ularni qoʻllab-quvvatlash mamlakatning ertangi kuni farovon boʻlishiga xizmat qiladi.

Yoshlar yetakchilari tizimi yoʻlga qoʻyilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning oʻzida hal etish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash imkonini bermoqda.

Yoshlar daftari” esa mahalladagi har bir yoshning ijtimoiy, iqtisodiy hamda salomatlik holatini nazorat qilishni, yoshlarni qiynayotgan savollarga javob topishni yanada yengillashtirdi.

Bu borada Toshkent tumani Bahor mahallasi yoshlar yetakchisi Fazliddin Jabborov ham bir qator ishlarni amalga oshirib kelayapti.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

📌
Yoshlar yetakchilari uchun seminar, natijalari qanday?

💬Toshkent tumanida mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalishlar bo‘yicha  seminarlar tashkil etildi.

📝Jumladan, Ibart academy, Mutolaa, Uzchess, Ustoz AI loyihalari, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar bandligini taʼminlash,  yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi.

📚O‘quv seminarda Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Saidikarimov, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Abdulhayev va bir qancha hamkor bo‘lim tashkilotlar maʼsullari tomonidan yetakchilar faoliyatida zarur bo‘lgan kerakli ko‘nikmalarni berishdi.

👨🏻‍💻Seminar yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Workaut bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Toshkent tumani Bogʻizilol mahallasi hududida joylashgan Yoshlar markazida Bogʻizilol, Eʼzoz va Zaxariq mahallasi yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Workaut bo'yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yana bir yoshga koʻmak koʻrsatildi


Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur yordamlarni koʻrsatish bugun, davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan tizimga aylanganligi hech kimga sir emas.

Shu nuqtai nazardan Toshkent tumanida ham bu yoʻnalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar davlat himoyasida.

Shunday boʻlsada, nogironligi bor shaxslarga nafaqat davlat tomonidan, balki homiylar yordami bilan kerakli koʻmaklar koʻrsatilmoqda.

Xususan, kuni kecha, Xiyobon mahallasi yettiligi koʻmagi hamda yoshlar yetakchisining saʼy-harakatlari natijasida, aynan shu mahallada yashovchi Bekzod Qodirbekovga homiylik mablagʻlari hisobidan elektron nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Tomorqa-daromad manbai


Xabaringiz bor, joriy yilning 30-yanvar kuni Davlat rahbari raisligida “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi” boʻyicha yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirish boʻyicha yangi tashabbuslar maʼlum qilindi.

Xoʻsh, bu borada Toshkent tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Yoshlarga yerdan unumli foydalanishni oʻrgatish choralari koʻrilmoqdami? Yaratilgan va yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlar toʻgʻri foydalanishni oʻrgandimi?

📹Bu haqida batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM