Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari

👨‍💼Toshkent tumanida o‘zini o'zi band qilgan yoshlar soni ortmoqda

🏃‍♂️Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo‘limi tomonidan “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va o‘z oilasiga oz bo‘lsa-da daromad olib kirishlari uchun o‘zini o'zi band qilgan 6 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari foydalanishga topshirildi.

📝Tumandagi 68 ta mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan yordam olayotgan yoshlar, xotin-qizlar faoliyati doimiy nazoratga olinib, kerakli ko‘rsatmalar va imtiyozlar berib kelinmoqda.

Zero, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi Yangi O‘zbekiston poydevori bo‘lmish yoshlarga xizmat qilishga qaratilgan.

📷Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.

@daryo_live
#Bilasizmi

❗️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berish mumkin

2023-yil 30-yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YAIDXP orqali olish mumkin.

📝 Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

🔸boʻsh qatorlar oʻzingizga tegishli shaxsiy maʼlumotlar bilan toʻldiriladi;
🔸tegishli bandlar tanlanadi;
🔸yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;
🔸mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qoʻyiladi;

Soʻnggi qadamda invoys shakllantirilib, BHMning 70 foizi (210 ming soʻm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming soʻm toʻlanadi.

📁Markaz xodimi buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🗓 Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil boʻyicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

📌 Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Hamjihatlik va obodlik ramzi

🌳Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.

💫Aynan shu maqsadda Toshkent tumani prokuraturasi, 2-sektor tashabbusi bilan sektor hududi hamda Chimkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan hasharda dastlab qahraton qishning zahridan omon chiqqan yerlar yumshatilib, nihol ekishga hozirlandi. Shundan so‘ng daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Ariqlar ichi, ko'chalar chiqindilardan tozalandi.

Ushbu tadbir ishchi xodimlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida taʼkidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📷Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

♻️"Ibrat farzandlari
" loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi

❇️ Chet-tillarini o'rganishga imkon beruvchi loyihaning taqdimoti Toshkent tumani Sabzavot mahalla yoshlar yetakchisi Hilola Sidiqova tomonidan 25-sonli umumiy o'rta maktabi yuqori sinf o'quvchilari uchun o'tkazildi.

📌 Taqdimot davomida yoshlarga chet-tillarini o'rganish uchun yaratilgan video darsliklar batafsil tushuntirib berildi.

Bu kabi targ'ibot ishlari mahalladagi xorijiy tillarni o'rganishga qiziqgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

📸Jarayon yuqoridagi fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natija

Toshkent tumani hokimligi faoliyati samaradorligi aniqlandi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun shaxsiy javobgar etib belgilangan.

Bugungi kunda Toshkent tumani hokimining o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi reytingi eʼlon qilindi. Reytingga ko‘ra tumanimiz Respublika bo‘yicha 19, Toshkent viloyati tuman va shahar hokimliklari orasida esa 2-o‘rinni egallagan.

🟢Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda. Bu borada xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.

🦅Bunda samaradorlik tashkilot tomonidan qo‘lga kiritilgan natijaning maʼlum bir vaqt mobaynida maqsadga erishish uchun sarflangan xarajatiga nisbatan aniqlanadi.

🎚️🖼️Jamoaviy ish natijasida erishilgan ko‘rsatgichlar yuqoridagi videolavhada aks etgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🟢Iqbol mahallasi aholisi nima deydi?

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining "Xalq nazorati" guruhida Toshkent tumani Iqbol mahallasi, Obod tepa ko‘chasidan Shifokor ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘lning to‘sib qo‘yilganligi yuzasidan murojaat eʼlon qilingan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Axborot xizmati masʼul xodimlari tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i F. Soatov hamkorligida joyiga borib, Iqbol mahallasi raisi va mahalla faollari bilan suhbatlashdilar.

Suhbat davomida murojaat aholi nomidan emas, balki hududda joylashgan qurilish bozoriga serqatnov bo‘lgan fuqarolar talabiga ko‘ra eʼlon qilinganligi aniqlandi.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mahalla raisi va aholi bilan suhbatlashib, bunday holatlar tez tibbiy yordam mashinalari kirishi hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda qutqaruv ishlariga xalaqit bermasligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

🎚️Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

♻️Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi tumandagi Ko‘ksaroy hududi Oqtosh mahallasida joylashgan 35/10 kV Shifokor podstansiyasida rejali joriy taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Oqtom, Oqtosh, Qushqo‘ndi, Oltintepa, Ko‘hinur mahallalarida joriy yilning 22-fevral kuni soat ❗️10:00 dan 18:00 gacha elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi.

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

"Open budget" axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ro‘yxatdan o‘tish va taklif kiritish yuzasidan quyidagi videoqo‘llanmani e’tiboringizga havola etamiz.

Eslatib o‘tamiz “Tashabbusli budjet” jarayonlari 2023 yil 1-mavsum uchun taklif kiritish 26-fevral kuniga qadar davom etadi.

O‘zingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring.

Tashabbusingiz orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Eng
kop ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Tashabbus ko‘rsating!

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Odob_axloq_qoidalari

⚡️Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyati va ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori umumiy qoidalari

"Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari" asosida turkum roliklar tayyorlandi.

Ulardan davlat xizmatchilari ishtirokidagi ochiq muloqot, seminar, davra suhbatlarida foydalanish mumkin

https://t.iss.one/AOKBToshvil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik

🎚️Toshkent tumanida Oqqo‘rg‘on tajribasi amalda

Toshkent tumani hududida Respublikasi ishchi guruh vakillari ishtirokida "Oqqo‘rg‘on tajribasi " joriy qilinmoqda.

💫Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining mablag‘lari evaziga amalga oshirilgan loyiha, yaʼni Toshkent-Zangiota-Chinoz tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash jarayonida yuzaga kelgan ko‘chalardagi o‘nqir-cho‘nqirlar bartaraf qilinayotgan bo‘lsa, tuman hududidagi qabristonlarda obodonlashtirish Beruniy va Hasanboy mahallalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🏃‍♂️Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi mahallar hududida yerlarni asfaltga tayyorlash va toza ichimlik suvi quvurlarini o‘tkazish ishlari jadal surʼatlarda kechmoqda.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

🎚️Biz giyohvandlikka qarshimiz

🦅Aynan shu mavzuda Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🏃‍♂️Unda psixotrop moddalarning yoshlar organizmiga salbiy taʼsiri, kimyoviy va o‘simlik narkotik moddalarini yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish va bu bo‘yicha qilinayotgan ishlar, shuningdek ulg‘ayib kelayotgan avlodning internetdan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar haqida so‘z bordi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i, narkolog-vrach hamda Ko‘kterak masjidi bosh imom-xatibi yordamchisi yoshlarga narkomaniya illati, shariat bo‘yicha qo'yilgan taqiqlar hamda ijtimoiy tarmoq girdobida o‘ralashib, taqiqlangan saytlardan foydalanish va u yerdagi maʼlumotlarni tarqatish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jazolar haqida batafsil so‘zlab berdilar.

📷Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

⚠️Toshkent tumani Sabzavot mahallasi hududida joylashgan 35/6 kV Sabzavot podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yil 23-fevral kuni soat ❗️9:00dan 18:gacha Sabzavot, Tutzor, Iqbol, Ibrat, Darxon, Qibray tumani Parvoz mahallasi va Guliston-1-2 mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

💫Toshkent tumani elektr ta'minoti korxonasi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

❇️Ham bola parvarishda, ham ona ishda

♻️Toshkent tumani Gulobod mahallasida yashovchi Muhayyo Hakimova mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magi bilan o‘z faoliyatini kengaytirib, oilasiga daromad olib kirishga erishdi.

🟢Bunday natija albatta, mahallardagi beshlik - mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining hamjihatlikda faoliyat olib borganligini yana bir karra isbotlaydi.

Muhimi, ayol oz bo‘lsa-da turmush o‘rtog‘iga ko‘maklashmoqda. Ona sifatida esa u ham bola parvarishi ham ish bilan mashg‘ul.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1-maydan foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarida quyosh panellari oʻrnatiladi

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 3 yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – 10 yil muddatga quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:

🔹ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻini;
🔹qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini;
🔹yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini.

🗓 2023-yil 1-martdan yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda koʻrsatilgan quvvatdan yuqori boʻlmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qoʻshimcha texnik shart olish talab etilmaydi.

Qarorga koʻra, tadbirkorlar, xorijiy investorlar:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va hududiy elektr tarmoqlariga oʻrnatilgan tariflarda, boshqa isteʼmolchilarga oʻzaro kelishilgan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishi;

boshqa shaxslarga tegishli obyektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishi mumkin boʻladi.

📝 Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023-yil 1-martdan “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi.

🔘 2023-yil 1-maydan:

🔸foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinadi;

🔸yangi tashkil etiladigan issiqxona xoʻjaliklari hamda sement, gʻisht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi;

🔸respublikadagi barcha yoqilgʻi (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM