Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Toshkent tumanida elektr taʼminoti yaxshilanmoqda


Aholini elektr bilan uzluksiz taʼminlashda isteʼmol madaniyatini oshirish qanchalik muhim boʻlsa, energetik infratuzilmani modernizatsiya qilish ham xuddi shunday dolzarb ahamiyatga ega. Buning uchun narx shakllanishi jarayoniga bozor mexanizmlarini joriy etish, shu orqali qoʻshimcha mablagʻ va imkoniyatlarga ega boʻlib, tizimni yangilash lozimligi, shubhasiz.

Shu nuqtai nazardan bugungi kunda Toshkent tumanida elektr taʼminotini yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanning Zargar, Sohibkor, Xiyobon, Farovon, Gulobod, Kalas, Uch sada, Sagʻbon, Ahillik, Qorasaroy, Oqibat, Qirariq, Huvaydo, Ozodlik, Xalimkoʻp, A.Navoiy, Tinchlik, Obodlik mahallalarida elektr isteʼmolining oshishi hamda yangi uy-joy massivlarning qurilishi oqibatida yuqori yuklama bilan ishlayotgan Kensoy mahallasi hududida joylashgan 110/35/10 kV Kensoy podstansiyasidagi 2x2500 kVa transformatori yuqori quvvatdagi 2x40000 kVa transformatoriga almashtirish demontaj-montaj ishlari olib borildi.

Buning natijasida yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda shu jumladan Kensoy hududida ham elektr taʼminoti yaxshilanib aholining shukronasiga sabab boʻldi.

📹Mahalla fuqarolari shukronasi yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani
#Gʻalla_2024

G‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish choralari ko‘riladi


Inson qo‘lidagi neʼmatlarga shukur qilar ekan, neʼmatlar ziyoda bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Nolish, inkor qilish ila qo‘lidagi neʼmat ham yo‘q bo‘ladi. Biz bugun shunday zamonda yashayapmizki, tashvishimiz g‘alla-o‘rimi, oziq-ovqat xavfsizligi, yig‘im-o‘rimni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish singari shirin tashvishlardan iborat.

Toshkent tumanida 2024- yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun 112 nafar fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 212 ta konturlarida jami 755 gektar yer maydoniga tovar don va 500 gektar chorvachilik xo‘jaliklariga boshoqli don ekish rejasi belgilanib, tuman bo‘yicha jami 1255 gektar maydonda g‘alla ekilgan. Tumanda 755 gektar tovar g‘allani gektaridan 100 sentnerdan jami 7550 tonna hosil olinishi hamda tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslariga hamda birja savdolariga don hosili yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Tumanda 3 dona yuqori unumli Klass Dominator-130 rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari mavjud bo‘lib, ushbu kombaynlar “Ko‘ksaroy tex servis” MMTPga keltirilib, markazlashgan xolda taʼmirlandi va tadbirga 94 mln so‘mlik ehtiyot qismlar mulk egalari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tashkil qilingan “G‘alla shtabi” tashkil etildi. G‘alla o‘rimiga joriy yil 13- iyundan kirishildi hamda 10 kun muddatda shartnoma majburiyatlari bajarish choralari ko‘rilmoqda. Tumanda hosil o‘rimiga 3 ta otryad tuzilgan, 3 dona yuqori unumli Klass Dominator-130 rusumli kombaynilar, xar bir otryadga 4 tadan jami 12 ta yuk avtomashinasi biriktirilgan, otryadlarda ko‘chma YOMM tashish, ko‘chma taʼmirlash ustaxona va boshqa tegishli vositalar bilan taʼminlangan.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

"Mehnat qilsang, yasharsan, katta-katta osharsan
"

Bu oʻzbek xalq maqoli Toshkent tumani Qirariq mahallasi Tafakkur koʻchasida istiqomat qilib kelayotgan bir nechta ayollarning qilayotgan mehnatiga nisbatan aytilgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Sababi bu mahallaning xotin-qizlari, mahalla faoli boʻlgan Muhabbat Toshpoʻlatovaning saʼy-harakatlari bilan mikroloyihalar ishtirokchisiga aylanib, bugun oʻz xonadonlarida mehnat qilish orqali daromad topib kelmoqdalar.

Qirariq mahallasi hokim yordamchisi tavsiyasiga koʻra ATB "Xalq banki" Keles filialidan ajratilgan 13 million 300 ming kredit evaziga mahalladagi xotin-qizlar boʻsh vaqtlarida oila roʻzgʻoriga qoʻshimcha daromad olib kirishga erishdilar.

Qolaversa, Tafakkur koʻchasida yashovchi yana 12ta xonadon (har biriga tikuv mashinasi uchun kredit ajratilgan) bekalariga ham Muhabbat opa ish yetkazib, ularning kundalik daromadlari ortishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Mahallaning koʻcha boshisi va yoshlari ham bekor oʻtirgani yoʻq. Ular ham mehnat qilib daromad orttirish harakatidalar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Maqsad - kichik biznesni rivojlantirish


Toshkent tumanida kichik biznesni rivojlantirish va aholini kambagʻallikdan chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznesni rivojlantirish va moliyaviy institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi PQ306-son qarori asosida zaruriy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumani Majnuntol mahallasida istiqomat qiluvchi Hilola Sattorova mahallaning hokim yordamchisi tavsiyasiga ko'ra ATB "Mikrokreditbank" Toshkent tumani filiali tomonidan PQ-306-son qaror asosida ajratilgan 10 million naqd pul koʻrinishidagi kredit mablagʻlari evaziga kichik biznesini rivojlantirib, aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Undan tashqari Hilola Sattorovaga uyda oʻz tomorqachiligini rivojlantirishiga koʻmaklashish maqsadida subsidiya asosida motokultivator va ekinlar parvarishiga zarur boʻlgan oʻgʻitlar yetkazib berildi.

Bugun, bu ayol kichkinagina ishlab chiqarishida non tayyorlayotgan boʻlsa, turmush oʻrtog'i, oʻz xonadoni va qoʻni-qoʻshnilar xonadonida tomorqaga ekilgan ekinlarni parvarish qilib daromad orttirib kelmoqda.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Hayit anʼanalariga koʻra...


Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumani Huvaydo mahallasida istiqomat qiluvchi Lola Nuraliyeva xonadoniga hayit bayrami munosabati bilan ehson yetkazildi.

Hayit kunlarida tabarruk otaxon, munis onaxonlar, qarindosh-urugʻlar borib koʻriladi, yoru birodarlar ziyorat qilinadi, beva-bechoralar holidan xabar olinadi.

Hayit kunlarida bemorlarning holidan xabar olish, ularning ham hayitni nishonlashlariga koʻmaklashish ayni savob ish boʻladi.

📹Yuqoridagi videolavhada L. Nuraliyevaning shukronasi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Ish beruvchidan mamnun ishchilar


"Progum Ticaret" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda 210 ta ish oʻrni mavjud boʻlib, 167 ta ishchi faoliyat yuritadi.

2008-yilda faoliyat boshlagan ushbu korxonada dastavval 30 ta ishchi oʻrni mavjud boʻlib, 2 xil turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan.

Hozirda esa korxonada 60 turdan ziyod qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ichki bozordan tashqari mahsulotlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalariga va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Bugungi kunda 35 milliard soʻm tovar aylanmasiga ega.

- Korxonamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining raqobatbardosh ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlikni va sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va ragʻbatlantirish hamda ichki bozorni sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan soliqqa tortish tizimini tartibga solish boʻyicha keng qamrovli islohotlari natijasida bir qancha soliq imtiyozlariga ega, - deydi korxona rahbari Nodir Mirnigʻmatov. - Mahalla yettiligi, Savdo-sanoat palatasi tuman bo'limi bilan hamkorlikda ishlab, faoliyatimizni qonunchilik doirasida olib borishga erishganmiz va kelajakda ham bu ishlarni davom ettiramiz.

📹Korxonadagi sharoitlar haqida batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Chekka hududda aholi uchun tibbiy koʻrik oʻtkazildi


Bugun, Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi va tuman prokurori 2-sektor rahbari tashabbusi bilan 2- sektor hududidagi Sirgʻali mahallasi binosida, Mustaqillik, Sarke, Gʻishtkoʻprik va Sirgʻali mahallalarida yashovchi 280 dan ortiq fuqarolar ishtirokida tibbiy ko'rik oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik davomida, LOR, terapevt, pediatr, nevropatolog, oftalmolog, infeksionist, kardiolog, onkolog, okulist, xirurg, ginekolog kabi tor doiradagi shifokorlar aholining salomatligini oʻrganib, rentgen, UZD, kardiogramma apparatlari orqali diagnostika qilishga muvaffaq boʻldilar.

Bundan 2-sektor hududidagi mahallarda istiqomat qiluvchi aholi mamnun boʻlib, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

📹Mahalla aholisining tibbiy koʻrigi va shukronasi yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

💫Bitiruvchilarga medallar topshirildi

Joriy yilning 20-iyun kuni Toshkent tumani Madaniyat saroyida umumtaʼlim maktablarida barcha fanlarni aʼlo baholarga yakunlagan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarni " oltin" va "kumush" medallar bilan taqdirlash tadbiri boʻlib otdi.

💫2023-2024-o'quv yilida tumandagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 1945 nafar bitiruvchi tamomlab, ulardan 68 nafar oʻquvchi "oltin" va 6 nafar oʻquvchi "kumush" medal sohiblari boʻlgani quvonchlidir!

Toshkent tumani hokimi oʻrinbosari Ibrohim Saidikarimov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim boshligʻi N.Ubaydullayeva bilan birgalikda bugungi unutilmas kunda bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan taqdirlab, ularning ota-onalariga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalarini yetkazdilar.

Yoshlarimizga yurtboshimizning yaratib berayotgan imkoniyat va ragʻbatidan foydalangan holda, katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil qiladigan mehnatlarida omad va oq yoʻl tiladilar.

📹Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Nogironligi bor fuqarolardan xabar olinmoqda


Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Ibrat mahallasi Temur Malik koʻchasi 17-uyda yashovchi Remfert Lyubov Karlovnaning holidan xabar olindi.

Birinchi guruh nogironligi boʻlgan L. Remfert xonadoniga mahalla raisi, 2-sektor kotibi, mahalladagi xotin-qizlar faoli hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

Tuman prokurori-2-sektor rahbari boshchiligida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan, bugun Toshkent tumani 2-sektor, tuman prokurori hududida bir qancha ijobiy ishlar bajarilmoqda.

📹Bu haqida 2-sektor kotibining intervyusida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM