Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.42K subscribers
18.8K photos
4.38K videos
31 files
12.5K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Aholi_murojaatlari

Seshanba – hokim sektorida fuqarolar qabuli

Bugun ham rejaga muvofiq tuman hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov sektor shtabida bir guruh fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida tuman hokimi 20ga yaqin fuqaroning turli masalalardagi murojaatlarini tinglab, ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tuman hokimi fuqarolar qabulini hokimlikda emas, bevosita sektor shtabida, xalq orasida o‘tkazayotganligi aholi uchun birmuncha qulaylik yaratmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Reyting

Yoshlar yetakchilari faoliyati reytingi

♻️Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo’limidagi 68 nafar yoshlar yetakchilarining har biri o'ziga yarasha natijalarga ega.

📊Yuqoridagi sur'atda 2023- yil yanvar, fevral oylari davomida ko'rsatkichlari eng yuqori va past bo'lgan yetakchilar reytingi aks etgan.

🟢Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani bo'limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Ajdodlar ruhi mangu, barhayot
!

♻️Toshkent tumanidagi 27- sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 14- fevral kuni "Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

❇️Tadbirda bolajonlar, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Mangu Berdi, To'maris singari ajdodlarimizni yod etib mavzuga oid g'azal, she'r, qo'shiq va raqslar ijro etdilar.

📸Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Mushoira

Bobur tavalludi keng nishonlandi


Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida 14-fevral o’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan mushoira kechasi o’tkazildi.

Davlat arbobi bo’lgan shoir hayoti va ijodiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi vakillari va XTBga qarashli 9-IDUMning 9-sinf o’quvchilari Boburning hayot yo’li, tarixiy asarlaridagi monologlarini esladilar, g’azal va she’rlarini yod oldilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi

🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.

➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_va_ijro

💫Muqobil energiyadan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

♻️Toshkent tumani hokimligi majlislari zalida tuman hokimi Odilxon Rustamov hamda hokimning birinchi o‘rinbosari Sardorbek Ergashev hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ixtiyor Xo‘jayarov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida aholi va tadbirkorlik subʼektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlashni yo‘lga qo‘yish choralariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.

👉Batafsil

📸Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Kengash

🟢Toshkent tumani Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi

♻️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni mavzusida navbatdagi Kengash yig'ilishini Kengash raisi o'rinbosari I.Saidkarimov ochib berdi.

👉Batafsil

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#YETAKCHI_FAOLIYATI

♻️Yoshlar yetakchisining bir kuni

💠 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, maqsadida Sarke mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Sarke ko‘chasi 102-uyda yashovchi ishsiz yosh Raimbekova Aynura Anvarbek qizining qiziqishi, yo‘nalishi asosida o‘zini o‘zi band etishi uchun subsidiya hisobida tikuv mashinasi ajratilgan edi.

💥Mahalla yetakchisi tomonidan monitoring o‘tkazilganda, hozirda fuqaro tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oilasiga daromad olib kirayotganligidan mamnun ekanligini bildirdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijro

🟢Toshkent tumanida kasbiy ta'lim amaliyotga tatbiq etilmoqda

♻️Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari endilikda ikkita xorijiy til va bitta kasb egasi bo‘lib chiqish imkoniyati yaratilmoqda.

💫Shu tashabbus doirasida Toshkent tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilaridan maktab psixologlari tomonidan 64 ta kasb yo‘nalishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi.

❇️ So‘rovnoma natijasiga ko‘ra har bir maktabda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha kasblar tanlanib, malakali mutaxassis ustozlar biriktirilgan holda haftada bir marotaba darsdan bo‘sh vaqtlarida kasbga o‘rgatish ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, Toshkent tumanidagi 23-sonli umumta'lim maktabida ham 11-sinf o‘quvchilariga 5 xil hunar o‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

📸Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Kunlik_tadbirlar

Kiber sport bo'yicha musobaqa o'tkazildi

📌O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy 2022-yilda qabul qilgan PQ-92-son qaror ijrosini sifatida ko'plab madaniy - ma'rifiy va sport tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

🎮Xususan, bugun Sanoat, Qashqarlik mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan sportning KIBER SPORT turi bo'yicha mahalladagi iqtidorli yoshlar o'rtasida musobaqa tashkil qilindi.

Tadbir davomida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar faol ishtirok etdi. Musobaqa o'tkazishdan maqsad mahalladagi yoshlarni vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda "Besh tashabbus olimpiadasi"da samarali qatnashish uchun yoshlarni iqtidorini yanada oshirishga qaratilgan.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
🟢Toshkent viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

〽️2022 yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 42 981,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website