Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.79K subscribers
19.8K photos
4.58K videos
31 files
13K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Diqqat_loyiha

⭕️⭕️⭕️⭕️

📢 Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zi ishlaydigan davlat organining nazorat ostidagi tashkilot ulushlariga egalik qilayotgan bo‘lsa, mol-mulkni ishonchli (vaqtincha) boshqaruvga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda xizmatchi ularni realizatsiya qilishi yoki davlat xizmatidan ketishi kerak bo‘ladi.

Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/72841

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

📁 Xabaringiz bor, “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.

➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

🔰 Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, quyidagilar belgilanmoqda:

🔹 2023-yil 1-iyundan respublikaning barcha aholi punktlarida transportlar harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 70 km.dan 60 km.gacha tushiriladi.

🔹 2023-yil 1-sentyabrdan transport mulkdoriga transportni boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan tegishli hujjatni taqdim etgan holda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini transportni boshqarish huquqi oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.

Bunda, xabarnoma olingan kundan vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transportda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, quyidagilar belgilanmoqda:

🔹 2023 yil 1 iyundan respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.

🔹 2023 yil 1 sentabrdan transport vositasining mulkdoriga transportni boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan tegishli hujjatni taqdim etgan holda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini transportni boshqarish huquqi o‘tkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.

Bunda, xabarnoma olingan kundan vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transportda sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi

🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.

➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

❗️ Taqiqlovchi yo'l belgilari o'rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yo'l belgilari dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi

📃 Adliya vazirligi tomonidan yo'l belgilarini o'rnatish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda quyidagi tartiblar belgilanmoqda:

📅 Taqiqlovchi yo'l belgilarini o'rnatish to'g'risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.

🖥 Yo'l belgilari reestri shakllantiriladi hamda reestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo'l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.

🌐 Yo'l belgilarining dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi.

⛔️ Taqiqlovchi yo'l belgilari faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o'rnatiladi.

📌 Ushbu havola orqali qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/81246

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

🟢Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi boshlanadi.

2024-yil Toshkent tumani “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun jami 21 mlrd 144 mln so’m mablag’ ajratilmoqda.

♻️Shundan jami 13 mlrd 445 mln 260 ming so’m 1-mavsum uchun, qolgani 2-mavsum uchun ajratilishi belgilangan. Xabaringiz bor, ushbu loyiha bir yilda 2 marotaba o’tkaziladi. 2024-yil 1-mavsumga 1-fevraldan start beriladi.

❇️Bunga ko’ra:

💬1-fevraldan – 20-fevralga qadar – loyiha kiritish bosqichi;
💬21-fevraldan – 11-martga qadar – loyihalarni saralash bosqichi;
💬12-martdan – 1-aprelga qadar – ovoz berish bosqichlari o’tkaziladi.

Toshkent tumani hokimligi axborot xizmati


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi


Davlat dasturi loyihasida “O'zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo'nalishi kesimida 2024-yil uchun amaliy chora-tadbirlar (295 ta) va normativ-huquqiy hujjatlar (117 ta) ro'yxatlari belgilanmoqda.

🔰 Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹 2024-yil 1-martdan mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) musobaqasi, kibersport va “Zakovat” intellektual o'yinlari tashkil etiladi;

🔹oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo'naltiriladi;

🔹2024-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun majburiy to'lovlar va yig'imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi.

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_loyiha

❗️O'zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari


👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM