Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.84K subscribers
19.8K photos
4.58K videos
31 files
13K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_va_ijro

💫Muqobil energiyadan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

♻️Toshkent tumani hokimligi majlislari zalida tuman hokimi Odilxon Rustamov hamda hokimning birinchi o‘rinbosari Sardorbek Ergashev hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ixtiyor Xo‘jayarov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida aholi va tadbirkorlik subʼektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlashni yo‘lga qo‘yish choralariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.

👉Batafsil

📸Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Farmon_va_ijro

Ochiqlik siyosati amalda

Toshkent tumani hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-6247-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq veb-saytga joylashtirilmoqda.

👉 Ushbu havola orqali ilovaning 28-bandida belgilangan "Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarning ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar ajratish haqdagi arizalari roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar" bilan tanishishingiz mumkin.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#farmon_va_ijro

Toshkent tumanidan Moʻynoqqa madad

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-213-son Farmoniga koʻra Toshkent viloyati, xususan, Toshkent tumanidan “Moʻynoqqa madad” loyihasi doirasida “Aral Plaza” mehmonxonasi oʻz faoliyatini boshladi.

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi rahbarligidagi bir guruh faollar, Moʻynoqning 12 ta mahallasiga biriktirilgan 12 ta tuman hokimlari Moʻynoqda boʻldilar va bu yerdagi vaziyatni oʻrganib, tegishli qarorlar imzoladilar.

Quvonarlisi, Toshkent tumaniga biriktirilgan Orol boʻyida “Aral Plaza” Mehmonxona-restorani ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov ishtirok etdi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_va_ijro

💦Suvdan foydalanishda suv tejamkorligiga alohida eʼtibor qaratiladi


“Suvxoʻjaliknazorat” Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obʼektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 500-sonli Qarorida Inspeksiyaning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari koʻrsatilgan boʻlib, tasdiqlangan “Nizom”ning III-bob, 16-bandida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi boʻyicha nazorat ishlarini olib borish belgilangan.

👉Batafsil

“Suvxo‘jalik nazorat inspeksiyasi”
Toshkent viloyati boshqarmasi
bosh mutaxassisi B.Yakubov


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_va_ijro

♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr sanasidagi PF-209-son Farmoni ijrosi Toshkent tumani Bog'izilol mahallasi misolida.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Farmon_va_ijro

Tomorqa yer egalari
va dehqon xoʻjaliklari qoʻllab-quvvatlanadi

Joriy yil 21-fevral kuni Toshkent tumani hokimligi katta majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevralda “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Oʻzbekiston fermerlari kengashi etib qayta nomlanishi, farmon ijrosini taʼminlash yuzasidan fermer va dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining navbatdagi konferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Konferensiya yigʻilishida Toshkent tumani hokimi Ergashev Sardorbek Ergashev va tumandagi fermer xoʻjaligi rahbarlari hamda rayosat aʼzolari ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiya yigʻilishida quyidagi masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, muhokama qilindi:

1.Toshkent tumani fermer va dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini Toshkent tumani fermerlar kengashi deb tasdiqlash;

2.Toshkent tumani fermerlar kengashi raisini saylash;

3.Toshkent tumani fermerlar kengashining rayosat aʼzolarini saylash
;

Tuman fermerlari tomonidan Toshkent tumani fermerlar kengashi deb tasdiqlandi, rayosat aʼzolarini saylandi hamda Toshkent tumani fermerlar kengashi raisi lavozimiga Salimov Bekzod Dilmurod oʻgʻli nomzodi tasdiqlandi.

Konferensiya yakunida Toshkent tumanida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish va fermerlar oʻrtasida yaxshiroq hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

📸Jarayonlar fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM