Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.33K subscribers
5.99K photos
758 videos
60 files
2.36K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Cambridge Assesment tashkiloti bilan mamlakatimizdagi o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat berilishi yuzasidan memorandum imzolandi.

🔰 Unga ko‘ra, xalqaro ekspertlar hamda mahalliy ekspertlar tajribasini integratsiya qilish orqali malakali pedagog kadrlar faoliyatini rivojlantirish maqsad etilgan.

⚡️ Mazkur dastur nafaqat Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, balki O‘zekistondagi barcha maktablardagi pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va xalqaro standartlar asosida faoliyat olib borish hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening #xalqaro_hamkorlik

-Xalqaro tajriba
-Amaliyotga asoslangan bilim
-Interaktiv mashgʻulotlar
-Laboratoriya ishlari
-Oʻzaro fikr almashish imkoniyati...

🎥 Bularning barchasi Prezident taʼlim muassasalari agentligining pedagog kadrlari uchun Cambridge Assessment bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv-treningdan oʻrin oldi.
#Xalqaro_hamkorlik

AGENTLIK TIZIMIDAGI TA'LIM MUASSASALARI UCHUN IELTS IMTIHONINI TOPSHIRISHDA QULAYLIKLAR YARATILADI

Bugun, 14-dekabr kuni Britaniya Kengashining Markaziy Osiyodagi imtihon masalalari bo'yicha rahbari Zhanar Rakhimzhanova Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.

🔸Uchrashuv davomida Agentlik vakillari bilan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining IELTS imtihoni topshirishlari uchun qulayliklar yaratish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek o'qituvchilar uchun Aptis tests dasturi bo'yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Prezident maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, ular maktab hayoti hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
________
Today Zhanar Rakhimzhanova, Head of the British Council's Exam Business in Central Asia, visited the Presidential School in Tashkent. During the meeting, the sides discussed the prospects of mutual cooperation.
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Agentlik delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullnuvchi Cambridge Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan dunyoning 170 ga yaqin davlatida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlar, xususan A/AS-level, IGCSE imtihonlarining:

✔️tashkil etilish jarayonlari
✔️imtihon materiallarining qanday chop etilishi va saqlanishi
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga qanday yetkazilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Prezident ta'lim muassasalari agentligi xalqaro imtihonlarni tashkil etishda Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik olib boradi.
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.

❗️Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

✔️O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
#Toshkent_prezident_maktabi

💥UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident Maktabida bo'lishdi. Mehmonlarni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktor o'rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

💫Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg'ulotlar, to'garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

💥Ma'lumot o'rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij
xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#birinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING OCHILISH MAROSIMI HAMDA BIRINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Shu yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan Kembrij
xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ilmiy-amaliy treninglar haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali
#birinchi_kun

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHIDAN FOTOREPORTAJ

Maʼlumot oʻrnida, ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti Prezidenti Ibrahim Al-Hajri tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif O’zbekistonda ilk bora o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida amalga oshirildi.

Mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

O’quvchilarimizning salohiyati va erishgan yutuqlari bilan tanishgach, Xalifa universiteti Prezidenti Ibrahim Al-Hajri maktabimizning eng iqtidorli bitiruvchi o'quvchilariga Xalifa universitetida tahsil olishlari uchun grant ajratish taklifini bildirdi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

KANADALIK O‘QUVCHILAR PREZIDENT MAKTABI MEHMONI

Mamlakatimizda Kanadaning "O‘zbekistonliklar Assotsiatsiyasi" vakillari, o‘quvchi yoshlaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Kampus tur ishtirokchilarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev kutib oldi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi yangiliklar va yutuqlar, Prezident maktablarining ilg‘or va innovatsion ta’lim tizimi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, kanadalik o‘quvchilar ta’lim muassasasida O‘zbekistonning boy milliy madaniyati va san’ati, o‘zbek xalqi an’analarining turli jihatlari, musiqasi, raqslari va san’at shakllari haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmalarni tomosha qilib, o‘zlari uchun yangi bilim va koʻnikmalar oldi.

Kampus tur davomida Prezident maktabi o‘quvchilari va kanadalik yoshlar o‘rtasida samimiy va qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shu kabi tadbirlar madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Kanadalik oʻquvchilar Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan ushbu kampus tur tafsilotlari haqida videolavha.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM