Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.3K subscribers
6.01K photos
762 videos
60 files
2.38K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz.

Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!

@hilola_umarova
#Prezident_maktablari

Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonda

🤩Ixtisoslashlashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari yetib kelishdi.

☁️ Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihon o‘tkazish jarayoni va tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi!

✅️Joriy yil qabul davomida Prezident maktablariga jami 49 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bir oʻringa 148 nafar talabgor toʻgʻri keladi.

📍Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Ortga qaytmas islohotlar - Ushbu videolavhada Prezident maktabi o‘quvchilarining erishayotgan yutuqlari va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z boradi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IEO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!

📍Boku, Ozarbayjon

➡️Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.

Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
🔰 Sardor Anvarov - Farg'ona shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
🔰 Behruz Olimov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention

❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

Biologiya fani o’qituvchisi
O’quv bo’limi uslubchisi

Talablar:
✔️Oliy ma’lumotli;
✔️Til bilish sertifikatiga ega bo’lishi;
✔️O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
✔️Ishga mas’uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔴Ahil va professional jamoa;
🔴Doimiy malakaviy o‘sish;
🔴Iqtidorli o‘quvchilar;
🔴Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔴Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot
(Ma'lumotnomada telefon raqami va til bilish darajasi ko'rsatilgan bo'lishi shart).
Murojaat uchun: +998903977840

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kelib tushgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar


🎙 Savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova javob berdi.

📹 Batafsil ma’lumot — videomurojaatda

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM