Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.32K photos
694 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Prezident_maktablari

Bugun Huawei Tech Invesment Tashkent direktori Chen Jiakai va kompaniyaning PR menejeri Alexandra Nabiyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

❗️Mazkur uchrashuv Prezident maktablarida yangi joriy etilgan fan - Biznes va iqtisodiyot fani doirasida tashkil etildi.

Undan ko’zlangan maqsad ushbu fan doirasidagi bilimlarni o’zlashtirishda faqatgina nazariya bilan cheklanmay, amaliy bilimlarni ham egallashga qaratilgan.

🔹Uchrashuv davomida biznes va marketing strategiyalari, xususan Huawei kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi, kompaniya tarixi haqida so'z bordi.


Shuningdek, o'quvchilar mazkur kompaniya haqida tayyorlagan ma'lumotlarini taqdimot qilishdi.

📍Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy holda o’tdi. O’quvchilar biznes amaliyoti haqida yana ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
___
Today, "Huawei Tech Investment Tashkent" company's director Chen Jiakai and the company's PR manager Alexandra Nabiyeva visited the Presidential School in Tashkent under the Agency for Presidential Educational Institutions.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Toshkent_prezident_maktabi

Cambridge Assessment International Education tashkilotining Oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari va malakalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Abigail Barnett  va Ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi Steve King Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Agentlik vakillari bilan bo'lgan uchrashuv davomida mazkur dasturlarni mahalliylashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, takliflar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🏢Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident maktabi binosi bo'ylab ekskursiya va o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi hamda maktab faoliyati, dars jarayonlari, o'quvchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press&Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Ikki tomonlama muzokaralar davomida oʻtgan yillardagi hamkorlik natijalari va kelgusidagi rejalar haqida soʻz bordi. Jumladan, 2023-2024-oʻquv yili uchun Prezident maktablariga qabul jarayonlari, maktablarimiz uchun darsliklarni ishlab chiqish, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish va ularning Cambridge sertifikatiga ega boʻlishi singari masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar soʻngida 2024-yil mart oyida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-treningni oʻzkazishga kelishib olindi.

📝Maʼlumot uchun, Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari toʻliq mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

#Angliya #Cambridge

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM