Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.32K subscribers
6.01K photos
760 videos
60 files
2.37K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.