Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.29K photos
690 videos
60 files
2.14K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadamin Abdurahimov SAT xalqaro imtihonidan 1490 ball sohibi bo’ldi.

Shuningdek, Muhammadamin Abdurahimov
🫥Babson College 2024-yilgi yozgi maktabi uchun 100 foizlik grant sohibi;
🫥TKS global innovatsion loyihasi boʻyicha oʻqish uchun saralab olingan nomzodlardan biri;
🫥 Cambridge yozgi maktabida iqtisod yo’nalishi bo’yicha o’qish uchun 30% lik scholarship sohibi;
🫥 Matematika olimpiadasi final bosqichi ishtirokchisi;
🫥 Intel liga klubi kuzgi mavsumi 2-o’rin sohibi;
🫥 RoundPier Summer Immersion dasturi bitiruvchisi;
🫥 Stanford yozgi maktabiga tanlab olingan o’quvchilardan biri;
🫥 Nobel Intership dasturi bitiruvchisi;
🫥 Toshkent shahridagi Prezident maktabi Al-Hilol oilasi sardori hisoblanadi.

🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.

Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
 
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.

Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ta'lim sifatini yaxshilash - ustuvor vazifa


"Oʻzbekiston 24" telekanalining shu haqdagi koʻrsatuvida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi boshqarma boshlig’i To’raboy Shermatov;

Agentlik tizimidagi:
Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori Ma’mura Tadjibayeva;

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Baxtiyor Bekov;

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o’rinbosari Tursunoy Yo'ldosheva ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, maktablarda yaratilgan sharoitlar, o’quvchilar erishayotgan yutuqlar kabi bir qancha masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.


Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda.

❗️Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

Digital Art,
3D Modelling,
Sun'iy intellekt,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o'tkazilmoqda.

⚡️Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo'nalishi qo'shilgan bo'lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma'lumot berilmoqda.

Bugun mashg'ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Xususan:

🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti professsor-o'qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug'ullanishi haqida 5 afsona",
🔹 T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Respublika tanlovi mashg'ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM