Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.32K photos
696 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#prezident_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Xayr maktab, salom kelajak" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" bayram-tadbiri bo'lib o'tdi.

🐍Dastavval maktab Ijrochi direktori Ma'mura Tadjibayeva va Akademik direktor Anmarie Anderson so'zga chiqib, maktab o'quvchilarining yil davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyat va zafarlari haqida so'zlashdi. So'ng bitiruvchilarga kelgusidagi hayot yo‘llarida oq yo‘l tilab, o'quv yilida davomida o’zining ilg’orligi, tashabbuskorligi va ilm o’rganishdagi faol harakatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lib kelgan bir qator o'quvchilarga maktab ma‘muriyati tomonidan tashakkurnoma, statuetka hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

🎉Tadbirning badiiy qismida bitiruvchilarimiz sahna ko'rinishlari ijro qilishdi, maktab hayoti bilan bog'liq she‘r va qo‘shiqlar kuylashdi. Maktabimizda tashkil etilgan musiqa, raqs va drama to’garagi a‘zolari tomonidan tayyorlangan chiqishlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktab ta'limini muvaffaqiyatli tamomlab, mustaqil hayotga - umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yayotganingiz bilan Prezident maktabi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Har biringizda cheksiz iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Oldingizga yuksak marralar qo’yib, maqsadlar tomon harakat qilishdan hech qachon charchamang. Yangi O’zbekistonning buyuk kelajagi aynan siz aziz yoshlar qo’lidadir.

Qadrli bitiruvchilar, barchangizga ulkan muvaffaqqiyatlar va barkamollik, hayot yo'lingizda esa hamisha omad va baxt hamroh bo'lishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo’lib o’tgan "Xayr maktab, salom kelajak" shiori ostidagi "So'nggi qo'ng'iroq" bayram-tadbiridan videolavha.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM