Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.32K photos
696 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

💥 Bugun, 26. 10. 2022 da Toshkent shahridagi Prezident maktabida Toshkent shahar Mirzo Ulugʼbek tumani "Favqulodda vaziyatlar" boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda "Fuqaro muhofazasi barchaning burchi" mavzusida uslubiy amaliy mashgʼulot oʼtkazildi. Mashgʼulot jarayonida FVB xodimlari X. Ikramov, M. Normatov va F. Fayziyevlar oʼquvchilarga favqulodda vaziyatlar toʼgʼrisida maʼlumot berishdi va zilzila  sodir boʼlganda harakat qilish tartibini tushuntirishdi. Shundan soʼng zilzila sodir boʼlganda oʼquvchilarni maktab binosini tark etish borasida amaliy mashgʼulot oʼtkazildi va FVB texnik vositalari bilan tanishuv  boʼlib oʼtdi.

Tadbir jarayonida oʼt oʼchirish vositalarini qoʼllash qoidasi amaliy sinab koʼrildi. Tadbir oʼquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#Yashil_makon
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

🌱 Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

            
Obodlik ko'ngildan boshlanadi.
🌳 Ko'chat ekish, daraxt o'stirish, tabiatni asrab-avaylash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Shu ma'noda, har bir yurtdoshimiz ko'kalamzorlashtirishga o'z hissasini qo'shadi. Binobarin, Toshkent shahridagi prezident maktabi o'quvchilari o'zlarining ota-onalari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yaxshidan bog' qoladi" shiori ostida maktab hududiga bir qator manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#Imtihon_haftaligi
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

🗒Toshkent shahridagi Prezident maktabida imtihon haftaligi (Assessment week)ga 28-oktabrdan start berildi. Imtihon 3-noyabrgacha davom etadi!

📚Imtihon haftaligida o'quvchilarimiz 1-chorak yakuni bo’yicha  barcha fanlardan imtihon topshirishadi va 4-11- noyabr haftaligida kuzgi ta'tilga chiqishadi.

O’quvchilarimizga imtihonlarida omad tilab qolamiz!✊🏼

#Exam_week #Tashkent_president_school

🗒'Assessment week' at the Presidential School in Tashkent started on October 28.  The exam lasts until November 3!

📚During the exam week, our students take exams in all subjects at the end of the 1st quarter and go on autumn vacation during the week of November 4-11.

We wish our students good luck in their exams
!✊🏼

Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
TelegramFacebook
#Yashil_makon
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

🌱 "Yaxshidan bog' qoladi" shiori ostidagi "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etadi. Bugun Toshkent shahridagi prezident maktabi jamoasi maktab hududiga bir qator manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.

Ushbu xayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad - havo ifloslanishining oldini olish, o‘quvchilarning salomatligi va ona tabiatimizni asrashdan iborat.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#maktab_faxri
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

  💥💫Tongni xushxabar bilan boshlaymiz! Toshkent shahridagi Prezident maktabi 10-Green sinf o'quvchisi Dilmurodov Sohibjon maktabimiz xazinasini yana bir bronza medalga to'ldirdi. Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasida bronza medali va sertifikat sovrindori bo'ldi.

Sohibjon, Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Siz bilan faxrlanadi. Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha maktabdosh va sinfdosh do‘stlaringiz hamda ustozlaringiz nomidan samimiy tabriklaymiz va kelajakdagi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#maktab_faxri
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

  💥💫yana bir xushxabar!
Toshkent shahridagi Prezident maktabi 10-Green sinf o'quvchisi Boymo'minov Doniyor maktabimizga kumush medalni tuhfa etdi! Singapurda bo'lib o'tgan "STEMCO- 2022" xalqaro biologiya olimpiadasida kumush medali va sertifikat sovrindori bo'ldi.

Doniyor, Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Siz bilan faxrlanadi.  Ushbu yutug'ingiz ulkan zafarlarga debocha bo'lsin!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#qorakol_olimpiadasi
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

  💥Xushxabarlarimiz davom etadi!
Toshkent shahridagi Prezident maktabi 9-Green sinf o'quvchisi Bobomurodov Muhammadjon To'xtamurod Jumayev nomidagi "2- Qorako'l matematika olimpiadasi" ning Respublika bosqichida faxrli 3-o'rin sohibi bo'ldi!

Muhammadjonni Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan chin dildan qutlaymiz va kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 

Ma'lumot o'rnida, olimpiada natijalari to'g'risidagi batafsil ma'lumotdan ilova.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
#Imtihon_jarayoni
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

Toshkent shahridagi Prezident maktabida bugun, 3-noyabr kuni  imtihonlar o'z nihoyasiga yetdi. "Zamonaviy yondashuv" fanidan bo'lib o'tgan imtihon o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda 7-sinf o'quvchilari "Low and criminals" mavzusida sahna ko'rinishi, 6-sinflar "Character Traits:Totem Pole" mavzusida taqdimot o'tkazishdi. Yorqin va innovatsion tarzda o'tkazilgan imtihon o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
TelegramFacebook
#Faxrimiz
#Lomonosov_olimpiadasi
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

🏢Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi "Lomonosov" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Xusnullin Shamil Fizika fanidan "Lomonosov" olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni 🥇qo'lga kiritdi. Toshkent Prezident maktabi jamoasi Shamilni ushbu yutug'i bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
TelegramFacebook
#Yashil_makon
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi

💫Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy harakati davom etmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan, bugun 15-noyabr kuni Toshkent shahridagi prezident maktabining texnik va ustozlardan iborat jamoasi maktab maydonini ko'kalamzorlashtirishga hissa qo'shish maqsadida ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
TelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrogʻi #chellenj
#Toshkent_shahri
#Prezident_maktabi

🇺🇿Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrog’i” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM