Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.04K subscribers
5.32K photos
694 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#transfer_piima_uz

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-o‘quv yilida sinfdan-sinfga ko'chirilgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🗺 Arizalarni joriy yilning 2-avgust sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📌 Eslatma: Yangi 2024/2025-o‘quv yili uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilar safiga qabul qilinganidan keyin ko‘chirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM