Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.03K subscribers
5.35K photos
697 videos
60 files
2.16K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Adiblar_xiyoboni_madaniyat_maskani

Maʼrifat maskanida tadbirlar davom etmoqda.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida qad rostlagan zabardast ijodkorlarimizdan biri Muhammad Yusuf haykali poyida navbatdagi maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

⚜️ Mazkur Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira Assalom hamda shogirdi O‘zbekiston Yozuvchilar uyishmasi aʼzosi Nargiza Asadovalar ishtirok etib o‘quvchilarga Muhammad Yusufning ijodi va faoliyatining muhim jihatlari, uni o‘rganishning bo‘lajak ilm egalari uchun ahamiyatli ekanligi haqida maʼlumotlar berib o‘tdilar.

⚜️ Uchrashuv davomida Nazira Assalom ulug‘ shoirni yod etib, u kishi bilan bog‘liq xotiralarni, o‘tgan kunlarini, qiyinchilik hamda baxtli damlarini esga olib, o‘quvchilarga aytib berdi.

⚜️ Tadbir so‘ngida maktabning isteʼdodli o‘quvchilari adibning sheʼrlarini yod olib, sherlari asosida aytilgan qo‘shiqlaridan ijro qilishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#Adiblar_xiyoboni #Sayohat

O'zbek adabiyotining zabardast vakili, o'zbek hikoyanavisligining otasi Abdulla Qahhor ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida Toshkent shahridagi Prezident maktabida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.📚
💥Joriy yilning 26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan poytaxtimizning "Adiblar xiyobonida" ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

📖 Abdulla Qahhor hayoti va ijodi asosida o'tkazilgan bellashuv, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar tadbir ishtirokchilarida o'zgacha taassurot qoldirdi va ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.📚

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook