TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#oilaviy_tadbirkorlik

Oilaviy tadbirkorlik haqida

Oila a’zolari yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.

Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydi?

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari JShODS to‘lashning quyidagi turlaridan birini tanlashga haqli:
▫️qat’iy belgilangan miqdorda;
▫️jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida.

Bunday oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollashi va soliq agenti sifatida ularga to‘langan ish haqi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.

Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq ham to‘laydi:
▫️yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️ oilaning boshqa aʼzolari (18 yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 soʻm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari – oyiga 170 000 so‘m;
▫️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari uchun – yiliga 340 000 so'm.

Yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydilar?

Oilaviy tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda aylanma solig‘ini to‘lashni tanlashi yoki QQS va foyda solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin.

Umumiy daromadi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan oilaviy tadbirkorlar QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Shuningdek, ular JShODS va ijtimoiy soliq to‘laydi. Soliq solish obyekti bo‘lsa, ular quyidagilarni to‘laydi:
▫️mol-mulk solig'i,
▫️yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Oilaviy tadbirkorlar faoliyatining xususiyatlari

Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.

Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas.

Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉 Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati

Oilaviy korxonalarga ko‘p kvartirali uyning turar joylarida sanoat tusidagi faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉 Batafsil maʼlumot “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads