TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
83 files
5.86K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#11noyabr #kasaba

11-noyabr – O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari kuni!

Soliq qo‘mitаsida ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Maxkamov so‘zga chiqib, barchaga qo‘mita raisi tabrigini yetkazdi.

Kasaba uyushmalari faollari va a’zolarini bayram bilan tabriklab, davlat soliq xizmati organlari birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan shaxsiy tarkib manfaatlari uchun samarali ishlar qilanayotganini ta’kidladi.

Bayramga taklif etilgan xalq ardog‘idagi xonandalarning diltortar kuy va qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va a’zolari, yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
🎉2🤩1
#kasaba_uyushmasi

Soliq qo‘mitasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatining natijalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasida hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Soliq qo‘mitasi Markaziy apparati tuzilmalaridan 26 nafar hamda hududiy davlat soliq xizmati organlaridan 50 nafar delegatlar ishtirok etdi.

O‘ZKUF Bosh Kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli "O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan


Yig‘ilishda kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan sohadagi muhim tarixiy davrlar va natijalar haqida maʼlumotlar berildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan maʼruzalar tinglandi va ushbu faoliyat qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va aʼzolari qayta saylandi. Shuningdek, kelgusi 5 yillik davr uchun muhim vazifalar belgilab olindi va ularni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

Bu tadbir kasaba uyushmasi tashkilotlari va ularning aʼzolari uchun muhim qadam bo‘lib, tashkilotning yanada samarali ishlashini taʼminlashga yo‘naltirilgan.

Soliq qo‘mitasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
❤‍🔥11