TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
83 files
5.86K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Navoiy #Bobur

Ikki buyuk siymoga ehtirom


Soliq qo‘mitasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova she’riyat mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi A.Navoiy hamda shoh va shoir, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, Z.M.Bobur hayot yo‘llari hamda o‘lmas asarlari avlodlar uchun ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qilishi xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamiyatda soliq organlari ijobiy imijini oshirishda tizim xodimlarining nafaqat sohaviy bilimi, balki yuqori ma’naviy salohiyati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy #Bobur

Ulug‘ ajdodlar o‘giti yoshlar uchun hayotiy qo‘llanmadir

Bundan besh asr oldin Hazrat Navoiy asarlarida ulug‘lagan insoniylik hamda shoirlar shohi va shohlar shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur dilidagi Vatanga oshiqlik, yurt sog‘inchi ular bitgan asarlarda bo‘y ko‘rsatib, har bir o‘qirmanni ezgulikka, elparvarlikka, sadoqatga chorlab turibdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas bitiklari bugun ham avlodlari uchun dasturilamal bo‘lib kelayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1👍1