#ózbek_tili_bayrami
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami barchangizga muborak bo'lsin!
Bugun Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻldi.
1989 - yil 21- oktabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida"gi alohida qonuni qabul qilindi. Har yili yurtimizda ushbu sana munosabati bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Millatning nufuzi ana shu millat, xalq tilining qanchalik keng tarqalganligi, mukammalligi, ommalashganligi, boy va sofligi bilan belgilanadi. Shu ma’noda aytish joizki, ona tilimiz – o‘zbek tili ham asrlar osha o‘z sofligini, o‘ziga xos jihatlarini saqlab, sayqallanib, yashab kelayotgan dunyodagi o‘nlab tillardan biri hisoblanadi.
Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.
Shu munosabat bilan barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan muborakbod etaman!
Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram