TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#korrupsiya

🔷Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari uchun Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari tomonidan jamoaviy profilaktik tadbir o'tkazildi.

Unda ishtirokchilarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo‘lish, har bir xodim o‘z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi va soliq to‘lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta'kidlandi hamda korrupsion holatlarga qo‘l urishi natijasida jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar to‘g‘risida tayyorlangan maxsus videolavha namoyish etildi.

Qolaversa, tizimdagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun misollar bilan tushuntirildi va bu bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy #Bobur

Ulug‘ ajdodlar o‘giti yoshlar uchun hayotiy qo‘llanmadir

Bundan besh asr oldin Hazrat Navoiy asarlarida ulug‘lagan insoniylik hamda shoirlar shohi va shohlar shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur dilidagi Vatanga oshiqlik, yurt sog‘inchi ular bitgan asarlarda bo‘y ko‘rsatib, har bir o‘qirmanni ezgulikka, elparvarlikka, sadoqatga chorlab turibdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas bitiklari bugun ham avlodlari uchun dasturilamal bo‘lib kelayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

❗️Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari diqqatiga!

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari va ularning hisobchilari taklif etiladi!

13-fevral, 15:00

📍 “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Ro’yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Ft8n26tYf6PwjcVc9

Batafsil ma’lumot uchun:
📞
+998781506006

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozlari

"Ochiq muloqot"
ko'rsatuvining bu galgi sonida Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgaritirishlar mazmun-mohiyati, sohadagi yangiliklar, poytaxtimizda tadbirkorlarga ko'rsatilgan yordamlar, hal etilgan muammoli masalalar xususida so'z bordi.

Ko'rsatuvni YouTube orqali tomosha qilish:
👉https://youtu.be/XoCmUIvkk28

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram