TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#mol_mulk_soligi #soliq_imtiyozi

Mol-mulk solig'idan to‘liq ozod etilganlar:

▫️“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;
▫️yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk (23-yoshga qadar) soliq solishdan ozod etiladi.

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🎉Stol tennisi bo'yicha Toshkent shahar kubogi 🏆 musobaqasining final o'yinlari yakuniga yetdi va munosiblar tantanali taqdirlash marosimida Toshkent shahar soliq boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

🔸BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#korrupsiya

Soliq qo‘mitasi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida 1-o‘rinda

Ma'lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reytingi baholashdan o‘tkaziladi.

2022-yil iyul oyida e'lon qilingan reytingda
24 ta davlat tashkiloti ichidan Soliq qo‘mitasi faoliyati “yaxshi” deb topilib 81 ball bilan 2-o‘rinni egallagan edi.

62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi baholangan bu galgi reytingida Soliq qo‘mitasi 93 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👉Korrupsiyaga qarshi kurashish

👉
Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🏓STOL TENNISI:
TOSHKENT SHAHAR KUBOGI🏆

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🏓Stol tennisi bo'yicha Toshkent shahar kubogi 🏆 musobaqasining final o'yinlari yakuniga yetdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#4_sektor
#Shayxontohur
#mehnat_yarmarkasi

Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida prezidentimiz topshiriqlariga binoan aholi orasida kambag'allikni qisqartirish va ishsiz aholi qatlamini, ayniqsa, yoshlarni bandligini ta'minlash borasida mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

Tadbirda poytaxtimizning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan turli xil tashkilotlar o'zlarining bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashishdi. 100 ga yaqin fuqarolarga hunarmandchilik, to'quvchilik, buxgalterlik, operatorlik kabi bir qator yo'nalishlarda ish o'rinlari taklif qilindi va 50 dan ortiq qiziquvchilar ish beruvchi tashkilotlar bilan kelishuvga erishdi.

📌Bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi haftaning har seshanba hamda juma kunlari poytaxt tumanlari bo'ylab davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir
#4_sektor
#sayyor_qabul

Yurtboshimiz tomonidan aholi muammolarini o'rganish va ularning murojaatlari bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan ayni kunlarda tumanlarda sektor rahbarlari boshchiligida sayyor qabullar tashkil etilib, aholi bilan yuzma-yuz suhbatlar o'tkazilmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagi Bektemir tumani sektor rahbarlari ishtirokida 4-sektor hududiga qarashli "Musaffo" va “Sohil” mahallalarida bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv davomida fuqarolar subsidiya ajratish, tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish, ichki yo‘llarni asfaltlash, tabiiy gaz hamda oqava suv quvurlarini tortish, kabi masalalar yuzasida mutasaddilarga murojaat qilishdi. Mazkur muammolarning ba'zilari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#4_sektor
#mahallabay
#obodonlashtirish

Atrof-muhit tozaligini ta'minlash, aholi murojaatlarini o'rganish va ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ayni kunlarda poytaxtimizning barcha tumanlarida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i topshirig'iga binoan ishchi guruh tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, aholi turar joy binolarining yon-atroflari, irrigatsiya ariqlari chiqindilardan tozalanib, daraxtlarga shakl berilib oqlanmoqdi. Shuningdek, ko'pqavatli uylarning, ijtimoiy obyektlarning tashqi tomoni, yerto'la qismi ta'mirlanib, suv quvurlari yangilanmoqda hamda elektr-energiya tizimi ko'zdan kechirilmoqda.

Bundan tashqari, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, keksa hamda bemor fuqarolar holidan xabar olinib, tibbiyot xodimlari tomonidan ko'rikdan o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB