TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🎤Musobaqa, ishtirokchilar hamda yig'ilganlar uchun tashkillashtirilgan konsert dasturi bilan davom ettirildi. San'atkorlarning qo'shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashgan bo'lsa, turli xil raqs guruhlari o'z chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.

Bellashuvlarning badiiy qismida madaniy hordiq olgan qatnashchilarning yuzidagi kulgu o'z o'rnida minatdorchilik ifodasi bo'ldi. Zero, bunday sport tadbirlarining doimiy tarzda o'tkazilishi yoshlarga yanada kuch-g'ayrat bag'ishlaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

ANONS | Toshkent shahar kubogi musobaqasining final o'yinlari va tantanali taqdirlash jarayonlari.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🎁His-hayajonga boy bo'lgan bahslar yakunida Toshkent shahar kubogi musobaqasining erkaklar, ayollar hamda imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasida g'olib va sovrindorlari aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining diplom va qimmatbaho sovg'alari hamda KUBOGlar🏆 o'z egalariga topshirildi.

🎊Xususan, kuchli va tezkor sportchilarni tayyorlashda mehnat qilgan murabbiylar ham e'tibor va e'tirofdan chetda qolmadi. Shuni ta'kidlash joizki, sport avvalo salomatlik garovi bo'lsa, yoshlar mamalakatimiz poydevoridir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Mahallabay #obodonlashtirish

Reportaj 24 | Obodlik va farovonlik

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#mol_mulk_soligi

2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

2023-yilda
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.

Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilingan.
Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.

🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilingan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #soliq_imtiyozi

Mol-mulk solig'idan to‘liq ozod etilganlar:

▫️“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;
▫️yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk (23-yoshga qadar) soliq solishdan ozod etiladi.

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🎉Stol tennisi bo'yicha Toshkent shahar kubogi 🏆 musobaqasining final o'yinlari yakuniga yetdi va munosiblar tantanali taqdirlash marosimida Toshkent shahar soliq boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

🔸BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB