TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#etirof
#Uchtepa
#mahallabay

🔷O'z kasbini sharaf deb bilganlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash, ularni erishilgan ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish va ularning mas’uliyatini belgilab borish tizimi joriy etilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi xodimi Davlat soliq bosh inspektori Sattarova Shoira Almuratovaning bugun mehnatlari yuksak baholandi va munosib taqdirlandi.

Tumanning "Sharq Yulduzi" mahallasiga biriktirilgan Sh.Sattarova tizimdagi faoliyatiga 6 yil bo'ldi, belgilangan vazifalarni mas'uliyat ila bajarib, egnidagi formani sharaf deb bildi. 2024-yil sentabr oyi yakuni bilan uning ish samaradorlik ko‘rsatkichi 100 foizga yetdi va bugungi kunda o‘z ishining chinakam peshqadami bo'ldi.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tabrigi yetkazildi hamda xodimning mehnatlari munosib baholanib alohida minnatdorchilik sifatida Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari tomonidan topshirildi.

Soliq xizmatida shijoat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot

2024-yil 1-oktabr holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 199 567 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹savdo – 63,6 ming;
🔹qishloq xoʻjaligi – 47,7 ming;
🔹sanoat – 27,6 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸transport13,5%;
🔸xizmat ko'rsatish10,3%;
🔸axborot va aloqa
8,4%.
____
#цифровизация
#НДС

Информация о поставленных на специальный регистрационный учет плательщиках НДС в Узбекистане

По состоянию на 1 октября 2024 года число плательщиков НДС составляет 199 567. Это на 5% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля - 63,6 тыс.;
🔹сельское хозяйство - 47,7 тыс.;
🔹промышленность – 27,6 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в следующих сферах:
🔸транспорт - 13,5%;
🔸оказание услуг -10,3%;
🔸информатизация и услуги связи - 8,4%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#seminar

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlariga o'quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasining Yuridik sho’basi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” munosabati hamda Saylov kodeksiga kiritilayotgan o’zgarishlar haqida xodimlarga tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 16,8 trln so'mg QQS qaytarilgan

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 7 753 ta ariza bo‘yicha 4 181 ta tashkilotga 16 886,8 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar – TOP-3:
🔸Ishlab chiqarish - 8 216,5 mlrd so‘m;
🔸Xizmat ko‘rsatish - 2 366,5 mlrd so‘m;
🔸Savdo - 979,1 mlrd so‘m.

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,8% o‘sgan.
__________
#цифровизация
#НДС

Налогоплательщикам возместили 16,8 трлн сумов НДС

В январе-сентябре 2024 года 4 181 организации по 7 753 заявлениям возмещено 16 886,8 млрд сумов НДС.

📊Отрасли с наибольшими суммами возмещенного НДС – ТОП-3:
🔸Производство - 8 216,5 млрд сумов;
🔸Обслуживание - 2 366,5 млрд сумов;
🔸Торговля - 979,1 млрд сумов.

📈В сравнении с аналогичным периодом прошлого года сумма возмещенного НДС выросла на 20,8%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 21-oktabr

sentabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-2-qismlari);

- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-4-qismlari);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454 prim.7 moddasi 2-3-qismlari);

- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 281-moddasi 3-4-qismlari).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 21 октября 2024 года последний день

за сентябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в сентябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за III квартал:

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2-3 ст.454 прим.7 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ózbek_tili_bayrami

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami barchangizga muborak bo'lsin!

Bugun Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻldi.

1989 - yil 21- oktabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida"gi alohida qonuni qabul qilindi. Har yili yurtimizda ushbu sana munosabati bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Millatning nufuzi ana shu millat, xalq tilining qanchalik keng tarqalganligi, mukammalligi, ommalashganligi, boy va sofligi bilan belgilanadi. Shu ma’noda aytish joizki, ona tilimiz – o‘zbek tili ham asrlar osha o‘z sofligini, o‘ziga xos jihatlarini saqlab, sayqallanib, yashab kelayotgan dunyodagi o‘nlab tillardan biri hisoblanadi.

Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

Shu munosabat bilan barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan muborakbod etaman!

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim

Oʻzbek tili bayrami barchaga muborak boʻlsin!


Hurmatli vatandoshlar!

Sizlarni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman!

Men uchun dunyo tillari ichida eng goʻzal va jozibador tillardan biri – bu oʻzbek tilidir.

Ona tilimiz - milliy gʻururimiz, maʼnaviyatimiz va madaniyatimiz koʻzgusi. U bizni birlashtiradi, oʻtmishimiz bilan bogʻlaydi va kelajagimizga yoʻl ochadi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida tilimizning nufuzini oshirish, uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar sabab bugun Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obroʻ-eʼtibori yuksalishi bilan bir qatorda xalqaro minbarlarda baralla yangrab, doʻstlik va hamkorlik vositasi sifatidagi nufuzi ortib bormoqda.

Barchangizga sogʻlik, baxt-saodat, farovonlik tilayman. Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mirzo_Ulugbek

🔹“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan navbatdagi oilalar holidan xabar oldi.

Ushbu mahallada yashovchi A.Urdashovaga o'zini-o'zi band qilish maqsadida tadbirkorlik qilishga yordam berildi. Shuningdek, yana bir fuqaro D.Nurmuxammedovaning turmush o'rtog'i doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun ishga joylashtirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

👉9 oyda soliq to‘lovchilarga 16,8 trln so'mga yaqin QQS qaytarilgan
_________
#НДС

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности.

Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать:
🔹возмещаемую сумму НДС;
🔹нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС;
🔹какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный.

Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика.
👉Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС?

Субъектам предпринимательства с рейтингом категории ААА возмещение (возврат) сумм НДС осуществляется за 1 день без проведения проверок.

👉За 9 месяцев налогоплательщикам возместили почти 16,8 трлн сумов НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Obodonlashtirish

“Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla”

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan 4-sektorga biriktirilgan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Geofizika mahalla hududi joyiga chiqgan holda oʻrganildi.

“Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla” dasturi asosida aholini kayfiyatini ko'tarish maqsadida bolalar maydonchalari, "Street Workout" hamda hududdagi qurilish va ta'mirlash ish jarayonlari ko'zdan kechirilib, mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram