TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sayyor_qabul #Sergeli

🔷Aholi muammolari tizimli hal etilmoqda

🔸Sergili tumani hokimligi binosida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish hamda ularni hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabulda Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 10 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq muammolar, doimiy daromadga ega bo'lish uchun ishga joylashish, to'lov kontrakt masalalari shu yerning o'zida hal etilib, vaqt talab qiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:

▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;

▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

👉16.02.2023-yildagi № PQ-57

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.

2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SAVOL:

Oliy ta'lim muassasasida 3-kurs talabasi o'zini o'zi band qiluvchi shaxs sifatida tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullansa bo'ladimi?

JAVOB:


O'zini o'zi band qiluvchi shaxs sifatida tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin PQ-4742-son qarori, 08.06.2020-yil.O'zini o'zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi SK 369-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram