TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yakkasaroy #sayyor_qabul

🔹Har bir murojaat - diqqatimizda!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularni aniqlash va ularga amaliy yordam ko'rsatishda sayyor qabullar qo'l kelmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan navbatdagi sayyor qabul Yakkasaroy tumanida o'tkazildi. Joriy yilning 12-sentabr kuni bo'lib o'tgan qabulda boshqarma boshlig'i hamda tuman hokimi tomonidan o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 50 nafarini murojaatlari tinglandi.

Ushbu qabulda 10 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 2 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 4 nafar fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi. 1 ta fuqaroga o'zini-o'zi band qilishi uchun skuter topshirilgan bo'lsa, sog'ligini tiklash uchun 3 ta murojaatga yordam berildi. Qolgan vaqt talab etiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yakkasaroy

🔷 Murojaatlarga yechim topilmoqda

🔸12-sentabr kuni Yakkasaroy tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i hamda tuman hokimi ushbu qabulda bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Mirobod

🔷Soliqlarni tushumlari

Joriy yilning 12-sentabr kuni Mirobod tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Tadbirda, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlar ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ehtirom

Soliq xizmati sohasida ko'p yillik faoliyati hamda samarali mehnati va yoshlarga o'rnak ko'rsatgani uchun, ko'plab shogirdlar yetishtirgan Roxatoy Aynakulova nafaqaga hurmat va ehtirom bilan kuzatib qo'yildi.

Ustozga ko'p yillar davomida soliq tizimiga qo'shgan munosib hissasi uchun Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkib xodimlari o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#quyoshli_xonadon

Jismoniy shaxslar tomonidan quyosh energiyasi uchun 5 milliard so‘mga yaqin subsidiyalar olindi

Respublikamiz hududlarida aholini uy xo‘jaliklarida quyosh energiyasidan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilmoqda.

Jismoniy shaxslar kam quvvatli quyosh batareyalarini (50 kVtgacha) o‘rnatib, o‘z iste’molidan ortganini yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazsa, har bir bunday kilovatt/soat uchun Soliq mobil ilovasi orqali 1000 so‘m subsidiya olishi mumkin.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida qariyb 5 ming kishi ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 4,8 milliard so‘m (taxminan 4,8 million kVt/soat) subsidiya oldi.

Rasmiy manbalardan Soliq mobil ilovasini (Android/iOS) yuklab oling va soliqlarni to'lang, keshbek hamda subsidiyani oling.
______
#солнечный_дом

Около 5 млрд сумов субсидии получили физлица за солнечную энергию

Чтобы стимулировать население в регионах республики использовать солнечную энергию в домохозяйствах, действует программа "Солнечный дом".

Если физические лица устанавливают солнечные панели малой мощности (до 50 кВт) и передают излишки от собственного потребления в единую электроэнергетическую систему, то за каждый такой киловатт/час можно получить по 1000 сумов субсидии через мобильное приложение Soliq.

За январь-июль этого года почти 5 тысяч человек воспользовались этой программой и получили за переданную в электросеть солнечную энергию 4,8 млрд сумов субсидии (примерно 4,8 млн кВт·ч).

Скачивайте мобильное приложение Soliq с официальных источников (Android/iOS) и уплачивайте налоги, получайте кешбэк и субсидию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Tuhmatga ishonib qolmang

Joriy yilning 14-sentabr kuni "Daryo" internet nashrida “Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga yeb-ichdi. Pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv tashlab yopishga urindi, o‘zini esa 6 sutkaga qamatdi” nomli maqola e'lon qilindi.

Dastlabki oʼrganishda, Koʼkdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari 2024-yil 12-avgust kuni tumandagi “Xondamir farovonlik fayzi” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlanishgan va toʼlovni qarz sifatida yozdirib ketib (davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga zid), 14-avgust kuni qarz toʼlangan.

“Xondamir farovonlik fayzi” MChJning budjetdan 8 272 730 soʼm soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va А.Mamatovlar 2024-yil 8-avgustdagi 713148-son qaror asosida 19- avgustda mol-mulk xatloviga borganida, jamiyat ish yurituvchisi А.Yangiboyev tomonidan qarshilik koʼrsatilgan.

Shundan soʼng, soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora koʼrish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari boʼyicha Koʼkdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi А.Yangiboyevga 6 sutka maʼmuriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi boʼlgan fuqaro А.Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan soʼng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari va blogerlardan tasdiqlanmagan va yolgʼon maʼlumotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan, mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini soʼraymiz.
Unutmang, xolislik, ishonchlilik, betaraflik — professional jurnalistikaning eng oddiy va mantiqiy qoidasi, qonunchilikning asosiy prinsipidir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Tirishqoqlik har qanday uzoq ishni yaqinlashtiradi,
tirishqoqlik yopiq eshiklarni ham ochadi.

Sadriddin Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 16-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3 va 4-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 16 сентября 2024 года последний день

за август:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Sergeli #Yangihayot #yashirin_iqtisodiyot
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya

🔷Soliq tushumlari

Sergili tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida Sergili hamda Yangihayot soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibi xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Shuningdek, tadbirda ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlarga tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram