TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stol_tennisi #Yashnobod

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning saralash jarayonlari davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Bir o‘zing xoli qolganda ham badxoh ishga qo‘l urma, yomon so‘z aytma. Boshqalarga qaraganda o‘z-o‘zingdan ko‘proq istihola qilishni o‘rgan.

Demokrit

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

Buning uchun:

📱Face ID bo'limiga kiring;
🪪 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsating;
👨 Yuz ID
tizimi yuzingizni suratga oladi va tahlil qilib beradi.

✔️Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so'ng shaxsingiz tasdiqlanadi.

Iyun oyi uchun keshbek 25-iyuldan keyin tasdiqlanadi.
______
#кешбэк

Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Для этого:

📱войдите в раздел Face ID;
🪪 укажите персональный идентификационный номер физического лица (ПИНФЛ);
👨 система Yuz ID сфотографирует и проанализирует ваше лицо.

✔️После успешной авторизации ваша личность будет подтверждена.

Суммы кешбэка за июнь будут подтверждаться после 25 июля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi

Barqarorlik reytingining xo‘jalik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta'siri davom etmoqda.

Bunda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan barqarorlik reytingidagi har bir mezon bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiya va tushuntirishlar berib borilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Olib borilayotgan ishlar natijasida iyul oyining o‘tgan davrida 130,6 ming tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar 24.07.2024-yil holatiga:

🟩AAA 625 ta;
🟩AA 1 862 ta;
🟩A 2 900 ta;

🟦BBB 15 195 ta;
🟦BB 35 457 ta;
🟦B58 551 ta;

🟪CCC 38 043 ta;
🟪CC144 369 ta;
🟪C109 641 tani tashkil etmoqda.

Oʻz navbatida, 130 596 ta tadbirkor barqarorlik reytingining eng quyi – D toifasidan boshqa toifalarga o‘tgan. Shundan 12,4 mingtasi iyul oyiga to‘g‘ri keladi.

Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida – 16 420 ta;
📍Fargʻona viloyatida – 11 754 ta;
📍Samarqand viloyatida – 11 051 ta.

Joriy yil 24-iyul holatiga AAA toifadagi 236 ta tadbirkorlik subyektiga 421 ta ariza bo'yicha ortiqcha QQS toʻlovidan 400,1 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarilgan. Shundan, 83,8 mlrd so‘mi iyul oyining o‘tgan davrida 116 ta ariza bo'yicha 102 ta tadbirkorlik subyektiga qoplab berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024
#Olimpiya_oʻyinlari

Shoda-shoda medallarni yurtga olib qayting!


Joriy yilning 26-iyul – 11-avgust kunlari Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

Unda Oʻzbekiston sharafini 90 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtiroki bugun futbol boʻyicha milily olimpiya terma jamoamizning Ispaniyaga qarshi oʻyini bilan boshlanadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan.

Hamyurtlarimiz Olimpiya oʻyinlarining futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida birinchi marta ishtirok etmoqda.

Ushbu Olimpiya oʻyinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan barcha sportchilarimizga omad yor boʻlsin! Yurtimizga shoda-shoda medallar bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

25-iyul avvalgi davrlardagi cheklar summasi tuzatishning oxirgi kuni

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berilgan.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

25 июля — последний день корректировки суммы чеков за предыдущие периоды

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставлена возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответ отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes tadbirlarini tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi


“Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-102-son, 18.07.2024-y.

Farmonga muvofiq, 01.01.2025-yil – 01.01.2028-yilgacha tadbirkorlar Oʻzbekistonda biznes tadbirlarni tashkil qilishdan tushgan daromadlaridan olingan foyda soligʻini 2 barobar kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Bunda biznes tadbirlari 3 kundan kam boʻlmagan muddatda, kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchi bilan oʻtkazilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yangihayot #yashirin_iqtisodiyot #uchrashuv

🔷Tadbirkorlar bilan uchrashuv

🔸Joriy yilning 24-iyul kuni Yangihayot tumani prokuraturasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i va mas'ul xodimlari, Poytaxtning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig'i hamda Yangihayot tumani xodimlari bilan "Yangihaytot industrial texnoparki" hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlarning 17 nafari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jumladan, tadbirkorlarning o'zlariga tegishli bo'lgan hududlarda qurilish faoliyatini boshlashlarida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda kelgusida doimiy hamkorlikda ishlash yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari 442 mingdan oshdi

2024-yil 1-iyul holatiga soliq organlarida 442 963 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 312,6 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 247,5 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 37,1 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 46 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 130,2 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 92,8 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 45,7 % va hisoblangan soliq summasi 50,1 %ga oshgan.

Talabalar bilan 71,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 122 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 39,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 442 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 июля 2024 года в налоговых органах зарегистрировано 442 963 договора аренды недвижимого имущества.

На основании более 312,6 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 247,5 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 37,1 %, а сумма начисленного налога - на 46 %.

На основании более 130,2 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 92,8 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 45,7%, а сумма начисленных налогов - на 50,1 %.

Со студентами заключено 71,2 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 108 122.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 39,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z ahdiga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na izzatmand.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram