TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#stol_tennisi #Yashnobod

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning navbatdagisi Yashnobod tumanida ham o'tkazildi. Unda tumandagi mahallalardan 50 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni tuman soliq inspeksiya rahbariyati va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingi doirasida ko'mak ko'rsatilmoqda

Bugungi kunda yurtimiz iqtisodini tayanchi bu albatta tadbirkorlardir. Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat byudjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Toshkent shahar soliq boshqarmasining mas'ul hodimlari ”FAYZ KARYER” korxonasining reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida joyiga chiqqan holda tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatdilari va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirobod tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram