TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport #stol_tennisi

🏓23-aprel –  Xalqaro stol tennisi kuni

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Quyidagilar jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi:
▫️mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
▫️yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari.

👉 Soliq kodeksi 433-modda

Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi.
Bunda yer uchastkasini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslar yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslar yer soligʻi har yili 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslar yer soligʻi ushbu soliqning toʻlovchilari deb eʼtirof etiluvchilar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishi lozim.

Eslatib oʻtamiz❗️Soliq toʻlash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 110-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2024-yil 18-aprel holatiga 243 256 tashkilotning 1,1 mln nafardan ziyod xodimida 1,4 mln soliq obyekti bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i - 400,7 mlrd so‘m, yer solig‘i - 337,7 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️146,6 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️23,2 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️568,6 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️sanoat sohasidagi 29,9 mingta tashkilotda ishlovchi 225,4 ming nafar xodimning soliq qarzi 133,8 mlrd soʻm;

▪️savdo sohasidagi 61,9 mingta tashkilotda ishlovchi 110,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 116 mlrd soʻm;

▪️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 64,8 mingta tashkilotda ishlovchi 115,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 107,5 mlrd soʻm;

▪️qurilish sohasidagi 14,6 mingta tashkilotda ishlovchi 77,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 65,3 mlrd soʻm;

▪️yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 13,7 mingta tashkilotda ishlovchi 26,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 30,5 mlrd soʻm;

▪️tashish va saqlash sohasidagi 7,8 mingta tashkilotda ishlovchi 42,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 25,6 mlrd soʻm;

▪️sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 5,8 mingta tashkilotda ishlovchi 14,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 11 mlrd soʻm;

▪️axborot va aloqa sohasidagi 3,1 mingta tashkilotda ishlovchi 14,4 ming nafar xodimning soliq qarzi - 7,9 mlrd soʻm;

▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 24,2 mingta tashkilotda ishlovchi 94,2 ming nafar xodimning soliq qarzi - 71 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻 “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 8,1 mlrd soʻm;
🔻 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 8 mlrd soʻm;
🔻
"Hududgazta'minot" AJ - 6,3 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Yunusobod #barqarorlik_reytingi #uchrashuv

🔷Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida talabalarga ma'lumot berish davom etmoqda

Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi vakillari tomonidan yuqori reytingga ega tadbirkor Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga taklif etilgan holda talabalarga tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda mazkur reytingni shakllantirishning asosi bo'lgan mezonlar, shuningdek, yuqori toifaning afzalliklari xususida so'z bordi. Tadbir yakunida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qayta_aloqa
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq oman 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.
👉Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.
_________
#обратная_связь
#налог_на_имущество #земельный_налог

- У меня в мобильном приложении Soliq показывает налоговую задолженность за маму, но она умерла еще в 2022 году, а квартира была продана. Как это исправить?

- В органы государственной налоговой службы информацию о земельных участках или другом недвижимом имуществе, а также их собственниках предоставляют в электронной форме в режиме реального времени органы, осуществляющие государственную регистрацию прав на недвижимое имущество.
👉ч.3 ст.133 НК

На основании этих данных налоговыми органами производится исчисление налогов на имущество и землю физических лиц.
👉ст.423 НК РУз
👉ст.439 НК РУз

Если в мобильном приложении Soliq вы обнаружили несоответствие в сведениях о самих объектах, по которым начислены налоги на имущество и землю, или их владельцах, целесообразно обратиться в Палату государственных кадастров.

После того, как кадастровые органы исправят ошибки в своей базе данных, налоговая задолженность будет автоматически устранена.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tayinlov

Navoiy viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Nazarov Sunnatulla Amirillayevich Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S.Nazarov tayinlovga qadar Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nazarov Sunnatulla Amirillayevich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 61 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-aprel holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 125 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 248,7 mlndan ortiq chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 61,9 trln so'mni tashkil etdi.

Onlayn-NKTdan foydalanish bo‘yicha yetakchi hududlar – TOP-3:
▫️Toshkent sh. - 28,6 trln so‘mlik 115,9 mlnta chek;
▫️Toshkent v. - 5,8 trln so‘mlik 29,3 mlnta chek;
▫️Samarqand v. - 5,1 trln so‘mlik 15,4 mlnta chek.
__________
#цифровизация #онлайн_ККТ

Oбъем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 61 трлн сумов

По состоянию на 1 апреля этого года:
🔹число субъектов предпринимательства, применяющих онлайн-ККТ, составило 175 125;
🔹через онлайн-ККТ выдано 248,7 млн чеков, товарооборот по ним составил 61,9 трлн сумов.

ТОП-3 региона, лидирующих в использовании онлайн-ККТ:
▫️Г.Ташкент - 115,9 млн чеков на сумму 28,6 трлн сумов;
▫️Ташкентская область - 29,3 млн чеков на сумму 5,8 трлн сумов;
▫️Самаркандская область - 15,4 млн чеков на сумму 5,1 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 433 mlndan ziyod elektron chek berildi

2024-yil 1-aprel holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 20,9 trln so‘mlik 433,5 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 100,7 mln dona elektron chek uchun 52,6 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 174 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 49 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 38 ta (78%);
Integratsiya jarayonida – 11 ta (22%).

▫️Bank mobil ilovasi – 35 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 31 ta (89%);
Integratsiya jarayonida – 4 ta (11%);

🌐Internet do‘konlar – 90 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 64 ta (71%);
Integratsiya jarayonida – 19 ta (21%);
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 7 ta (8%).
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 433 млн электронных чеков

По состоянию на 1 апреля 2024 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 433,5 млн электронных чеков на общую сумму 20,9 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 100,7 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 52,6 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 174.

Из них:

▫️Электронные платежные системы – 49

осуществлена полная интеграция 38 (78%);
в процессе интеграции – 11 (22%).

▫️Мобильные приложения банков – 35
осуществлена полная интеграция 31 (89%);
в процессе интеграции – 4 (11%).

🌐 Интернет-магазины – 90
осуществлена полная интеграция 64 (71%);
в процессе интеграции – 19 (21%);
не осуществляют деятельность (неиспользуемые) – 7 (8%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida Uchtepa tumani mahallalarida istiqomat qiladigan "ahvoli ogʻir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram