TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yunusobod #mehnat_yarmarkasi

🔷Bitiruvchi talabalar uchun "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-fevraldagi "Yoshlar bandligini ta'minlash chora-tadbirlari"ga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashtirishga ko'maklashish hamda 2023–2024-o'quv yili bitiruvchilarini ish joyiga samarali taqsimlash maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi o'tkazish vazifasi topshirilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda bir qancha davlat tashkilotlari bilan birga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi va "Soliq-servis" davlat unitar korxonasi ham faol ishtirok etdi. Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilot va idoralar o'rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishdi.

Mazkur yarmarkadan ko'zlangan maqsad tayyor mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha tashkilotlar, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholi bandligiga ko'maklashish markazi mas'ul xodimlari talabalar bilan bevosita suhbat o'tkazgan holda ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 20-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-aprelga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 20 апреля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 22 апреля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads