Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#hayat
Hayʼat majlisi: erishilgan natijalar tahlil qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi
Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil I choragi, jumladan fevral oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda mart oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning yanvar-fevral oylarida budjetga 28 068 mlrd so‘m (fevral oyida 14 306,3 mlrd so‘m) soliq tushumlari taʼminlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 % o‘sdi.
Daromadlarni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 44 % (+369 mlrd so‘m), mol-mulk solig‘i 35% (+273 mlrd so‘m), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 29 % (+697 mlrd so‘m), JShODS 23% (+976 mlrd so‘mga), AOS 19 % (+64 mlrd so‘m) o‘sdi.
Yanvar-fevral oylarida Pensiya jamg‘armasi daromadlari 7,1 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 937,3 mlrd so‘mga (15%) oshdi.
Shuningdek, “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida inspektorlar faoliyati ham tahlil qilindi.
Joriy yilning fevral oyida 1 119 nafar inspektorning samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan, shundan 496 nafari 95-100 ballik natijaga erishgan.
“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi maʼlumotlariga asosan samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan 1 650 nafar rahbar va xodimlar rag‘batlantirildi.
Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, QQS maʼmurchiligi yo‘nalishlarida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajargan xodimlarga ham mukofot pullari berildi.
Shu bilan birga, biriktirilgan hududida yetarli ishlar tashkil etmagan 69 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shuningdek, 17 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilindi.
Majlisda mart oyi, jumladan I chorak prognoz korsatkichlarini to‘liq taʼminlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#8_mart #tabrik
Poytaxtimizning soliq tizimida faoliyat yuritadigan ayollarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashildi
Ko‘klam shukuhi ufurib turgan ayni kunlarda mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Jumladan, ushbu bayram kayfiyati Toshkent shahrining soliq tizimida faoliyat yuritadigan ayollarni ham chetlab o‘tgani yo‘q.
Tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi. Shundan so‘ng, joriy etilgan mahallabay ishlash tizimida hamkasblari orasida yuqori natijalar qayd etgan hamda uzoq yillardan buyon soliq sohasidagi samarali mehnat etib kelayotgan ayollarga tashakkurnoma va sovg'a-salomlar topshirildi. Shuningdek, estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchani raqsga chorlagan bo‘lsa, raqs guruhining chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bayram shukuhi, barcha ayollarga va ular orqali oila a'zolariga yo‘llanib, tadbir so‘ngida ularga erkaklar jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram