TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidur.

Abdulla Avloniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-mart

fevral oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 марта 2024 года последний день

за февраль:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 5-mart kuni "Soliq huquqbuzarliklari haqida" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 5 марта на тему "Всё о налоговых правонарушениях".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 17:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#MXIK

MXIK: tovarni gramm va kilogrammda qanday sotish mumkin

“Yangi texnologiyalar” IAM bo‘limi boshlig‘i Orifjon Abdurahmonov ishlab chiqaruvchi tomonidan kichik qadoq shakllantirish imkoni mavjud bo‘lmagan, yirik iste'mol qadoqda va MXIK o‘lchov birligida “dona” lab realizatsiya qilingan mahsulotlarni qanday sotish kerakligini tushuntirib berdi.

👉 Batafsil
————-
#ИКПУ

ИКПУ: как реализовывать товар в граммах и килограммах

Начальник отдела НИЦ «Янги технологиялар» Орифжон Абдурахмонов разъяснил, как реализовывать товар, если производитель отпускает его в крупной потребительской упаковке, ИКПУ которого имеет единицу измерения «штука» и не позволяет формировать меньшую упаковку.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Soliq huquqbuzarliklari haqida"
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/mChl0tSfTIk?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Всё о налоговых правонарушениях".

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/mChl0tSfTIk?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Hozirda fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuborilmoqda.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasidan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab oling.
_______________

Скачайте справку об отсутствии задолженности по налогу на имущество и земельному налогу физических лиц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
Forwarded from Fiskal tahlillar
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil fevral oyida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha respublikamizdagi 9 443 ta mahallaga 4 380 nafar soliq inspektori biriktirildi.

Bunda soliq inspektorlari samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanmoqda.

Joriy yil fevral oyi natijalariga ko‘ra respublika miqyosida samaradorlik ko‘rsatkichi 93,7 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar – Top-3:
📍Toshkent shahri – 95,4%;
📍Jizzax viloyati – 94,1%;
📍Surxondaryo viloyati – 93,5 %.

🔹Mahallalar reyting ballari:
▫️90 balldan yuqori bo‘lgan mahallalar – 1 047 ta;
▫️70 balldan 90 ballgacha bo‘lgan mahallalar – 5 626 ta;
▫️70 balldan past bo‘lgan mahallalar – 2 770 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Yanvar oyida 87 mingdan ortiq korxona qariyb 4 trln so‘m soliq imtiyozlaridan
foydalandi

Imtiyozlar korxona aylanma mablag‘lari oshishiga, bu o‘z navbatida faoliyat kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
👉QQS – 1,3 trln so‘m;
👉yer solig‘i – 1,6 trln so‘m;
👉mol-mulk solig‘i – 750,9 mlrd so‘m;
👉ijtimoiy soliq – 173,1 mlrd so'm;
👉JShODS – 64,3 mlrd so‘m;
👉suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.
👉AOS – 8,4 mlrd so‘m.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan?

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilishiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-mart

fevral oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 марта 2024 года последний день

за февраль:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kimki sekin va shoshmay yursa, har qanday manzil ham unga uzoqlik qilmaydi, kimki safarga chidam bilan tayyorlansa, u so‘zsiz maqsadga yetadi.

J. Labruyer

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

Yanvar oyida yirik korxonalar 9 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

▪️4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta;
▪️716 mlrd so‘mi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga
to‘g‘ri keladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil fevral oyida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha respublikamizdagi 9 443 ta mahallaga 4 380 nafar soliq inspektori biriktirildi.

Bunda soliq inspektorlari samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanmoqda.

Joriy yil fevral oyi natijalariga ko‘ra respublika miqyosida samaradorlik ko‘rsatkichi 93,7 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar – Top-3:
📍Toshkent shahri – 95,4%;
📍Jizzax viloyati – 94,1%;
📍Surxondaryo viloyati – 93,5 %.

🔹Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning ko‘rsatkichlari:
▫️reytingi 90 balldan yuqori inspektorlar – 1 119 nafar;
▫️reytingi 70 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 3 034 nafar;
▫️reytingi 70 balldan past bo‘lgan inspektorlar – 227 nafar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1