TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan holatlarni tezkorlik bilan erta aniqlash va uyushmagan yoshlar bilan birga ishlab ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilayotgan chora tadbirlarga qaramay salbiy holatlar uchramoqda.

Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i va Mirzo Ulug'bek tumani 4-sektor rahbari boshchiligida tumandagi "Navnihol" hamda "Bahor" MFYlarida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #yashirin_iqtisodiyot #uchrashuv #barqarorlik_reytingi

🔷Mirzo Ulug'bek tumani "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi" faoliyati bilan tanishildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi"da ish olib boradigan 56 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularni o'ylantirgan mavjud muammo va takliflarni o'rgandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Ma'lumot o'rnida, mazkur muassasada shu hududa istiqomat qiladigan aholi uchun 2018 ta ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mas'ul tashkilotlarga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Baxt-saodatga erishuv yo‘lida nimaiki yordam bersa, uni saqlamoq va mustahkamlamoq, nimaiki zararli bo‘lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur.

Forobiy


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-aprel

aprel oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 апреля 2024 года - последний день

за апрель:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

23-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i


Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin:
1) aksiz solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan yalpi rentabellik;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#eʼlon

Soliq qo‘mitasi OAV vakillarini 2024-yil 23-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadigan “Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etadi.

Boshlanish vaqti:
soat 12:00
Manzil: Toshkent sh. Alisher Navoiy koʻchasi 30-uy
________
#объявление

23 апреля 2024 года Налоговый комитет приглашает представителей СМИ в Агентство информации и массовых коммуникаций на пресс-конференцию «Работа по принципу «махаллабай» в налоговой системе – выгодное сотрудничество».

Начало: 12:00
Адресс: г.Ташкент улица Навои, 30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#QQS

2023-yilda QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishiga qaramasdan tadbirkorlik subyektlariga qariyib 20 trln soʻm QQS qoplab berildi.

Maʼlumot uchun: Bu 2022-yilga nisbatan (19,3 trln soʻm) 355 mlrd soʻm koʻp. 2024-yilning I choragida esa QQS qoplash boʻyicha jami 2 138 ta korxonaga 5,4 trln soʻm QQS summasi qoplab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani #TTY

Aprel oyining o‘tgan davrida tizim orqali rasmiylashtirilgan elektron TTYlarning 25,2 mingtasi (53 %) haydovchilar tomonidan va 9,6 mingtasi (20,2 %) yuk oluvchilar tomonidan tasdiqlangan.

Biroq, o‘tgan davrda 786 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlar realizatsiyasi uchun 164,2 mingta elektron TTY rasmiylashtirilmadi.

Bundan tashqari, yuklarni avtomobil transportida tashigan 2 260 nafar haydovchi YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lib, buning natijasida har oyda davlat budjetiga 410 mln so‘m soliqlar to‘lanmasdan qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, elektron TTYU tizimini joriy qilishdan maqsadimiz tadbirkorlik subyektlarini jazolash emas, balki soliq maʼmurchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ular tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish va shu orqali xufiyona iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan.
____________
#пресс_конференция #ТТН

За прошедший период апреля 25,2 тысяч (53 %) электронных ТТН, оформленных через систему, были подтверждены водителями и 9,6 тысяч (20,2 %) грузополучателями.

Однако 786 крупных налогоплательщиков за реализацию товаров не оформили 164,2 тысяч электронных ТТН.

Кроме того, 2 260 водителей, перевозивших товары на автомобильном транспорте, не были зарегистрированы как индивидуальные предприниматели, в результате чего ежемесячно остаются неуплаченными в государственный бюджет 410 млн сумов налогов.

Целью внедрения системы электронных ТТН является не наказание субъектов предпринимательства, а предотвращение возможных нарушений законодательства и сокращение теневой экономики за счет автоматизации процессов налогового администрирования.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads