TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#matbuot_anjumani #QQS

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar dori vositalari, tibbiy buyumlar va xizmatlarni QQS bilan sotib olib, xarid cheklarini Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazsa ularga QQS (12%) summasi budjetdan qaytarib beriladi.

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan 26 ming nafardan ortiq fuqaro tomonidan 75 796 ta xarid cheklari ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga 1,2 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek hisoblangan. Foydalanuvchilar ushbu mablag‘larni keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng bank kartalariga o‘tkazib olishlari mumkin.
___________
#пресс_конференция #НДС

Гражданам, включенным в Единый реестр социальной защиты, которые приобретают лекарственные средства и медицинские услуги с НДС и регистрируют фискальные чеки в мобильном приложении Soliq, возвращаются из бюджета 12% уплаченного НДС.

Более 26 тысяч социально уязвимых граждан зарегистрировали 75 796 таких чеков, им начислено 1,2 млрд сумов социального кешбэка. Возврат денежных средств на банковские карты пользователей осуществляется после 25 числа следующего месяца.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv #xonadonbay

🔷Uchtepa tumanidagi yoshlarning muammosi xonadonbay yurib o'rganilmoqda

Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan Uchtepa tumanida istiqomat qiladigan, hayotda o'z o'rnini topishga qiynalayotgan "ahvoli og'ir" toifadagi 13 nafar yoshlar xonadoniga borgan holda ularni o'ylantirgan masalalar, shuningdek, yashash sharoitlari bilan tanishilmoqda.

Ushbu yoshlar Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining yoshlar bilan uchrashuviga kelishga imkon topa olmaganligi uchun mas'ullar ularning yashash manzillariga borib, belgilangan tartibda muammo va takliflarini o'rgandilar. Endilikda shundan kelib chiqqan holda yo'l xaritasi ishlab chiqilib, ularga amaliy yordam ko'rsatish ishlari belgilab olinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1👏1
#Bektemir #4_sektor #sarhisob

🔷Bektemir tumani sektorlari faoliyati monitoring qilindi

Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida hokimlik va sektor xodimlari uchun trening tashkil etilib, unda sektorlarning tuman mahallaridagi samaradorligi monitoring qilindi.

Shuningdek, tumanning 4 ta sektor shtabida ham o’rganish ishlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun–mohiyati hamda samaradorlik.uz elektron platformasi orqali shakllanayotgan sektor rahbarlarining reytingi taqdimot shaklida batafsil tushuntirildi.

Shundan soʻng, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli va uchastka nozirlari faoliyatiga alohida toʻxtalib oʻtilib, ularga kerakli tavsiyalar berib o'tildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1🔥1
#Mirobod #4_sektor #sarhisob

🔷Mirobod tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening tashkil etildi

Joriy yilning 23-aprel kuni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari boshchiligida Mirobod tumani hokimligi xodimlari uchunekspress-trening tashkil etildi.

Tadbir avvalida "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Shundan so‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.

Treningni o‘tkazishdan maqsad — hokimyat xodimlari o‘z ishini samarali olib borish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1👍1👏1