TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS

Murojaat, muammo va yechim

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay #soliq_imtiyozlari

🔷Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish, soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlardan biznes vakillarini xabardor qilish va fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida ishchi guruh xodimlari Shayxontohur tumani Shodlik mahallasida "soliqchi – ko'makchi" tamoyili doirasida faoliyat olib borishdi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlarga yollanma ishchilarining hujjatlarini rasmiylashtirtish, o'zini o'zi band qilish, ONKMdagi texnik nosozliklarni bartaraf etish, Soliq mobil dasturi orqali onlayn tarzda yer va mol-mulk solig'ini to'lash kabi masalalarda ko'maklashildi.

📎Shuningdek, o'rganishlar jarayonida tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini yuritish, kadastr, elektr energiyasi va kredit olish kabi muammoli masalalar bo'yicha murojaat qildilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷"Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyishidan ko'zlangan bosh maqsad tadbirkorlarga ko'mak berish, qo'llab-quvvatlash va ular duch kelayotgan muammolarga yechim topishdan iborat.

Xususan, soliq xizmati xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #4_sektor #ochiq_muloqot #soliq_imtiyozlari

Yashnabod tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi muammoli masalalar, shuningdek, soliq sohasidagi yengillik va imtiyozlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

👉Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #soliqchi_koʻmakchi #soliq_imtiyozlari

"Teletahlil" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Mirzo ulug'bek tumanida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi yangilik va imtiyozlar, shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashda amalga oshirayotgan ishlari xususida so'z boradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozlari

Toshkent shahar soliq boshqarmasida muhtaram Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati bilan tadbirkorlarni tanishtirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirish davom etishi ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlar belgilangan vazifalarni tatbiq qilish bo‘yicha tuzilgan “yo‘l xaritasi” bilan tanishtirilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #seminar #soliq_imtiyozlari

🔷O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli Chilonzor tumanida joylashgan "San'at gulshani" madaniyat saroyida soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, shuningdek, jamiyatning ishlab chiqarish korxonalariga berilgan soliq imtiyozlari mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda jamiyatning 50 nafardan ortiq ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritib oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷Soliq xizmati xodimlari tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #soliq_imtiyozlari

🔷Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 16-dekabr kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi, shahar prokurori hamda soliq boqarmasi rahbari tomonidan 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda, dastavval, biznes muhitini yaxshilash bo'yicha ishbilarmonlarga yaratilgan yengillik va imtiyozlar eslatilib, soliq nima uchun to'lanishi haqida tushunchalar berildi hamda soliq qarzdorligi mavjud tadbirkorlar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati davomida qonun doirasida halol faoliyat yuritish, ya'ni ONKT dan foydalanish, mijozlarga har bir xarid uchun QR-kodli chek taqdim etish, bunda to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazmaslik kerakligi ta'kidlanib, qonun buzilishining salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shundan so'ng tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilib, muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #sarhisob

🔹Tadbirkorlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_imtiyozlari

🔷Daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi

JSHODSdan imtiyozlar:
▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozlari

"Ochiq muloqot"
ko'rsatuvining bu galgi sonida Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgaritirishlar mazmun-mohiyati, sohadagi yangiliklar, poytaxtimizda tadbirkorlarga ko'rsatilgan yordamlar, hal etilgan muammoli masalalar xususida so'z bordi.

Ko'rsatuvni YouTube orqali tomosha qilish:
👉https://youtu.be/XoCmUIvkk28

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram