TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Yaqinlarimiz ko‘magi - halol va professional xizmatda asosiy motivatsiya
_________
#встреча #признание #антикоррупция

Поддержка близких - главная мотивация честной и добропорядочной профессиональной службы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #raqamli_markirova

Soliq qo‘mitasida suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan uchrashuv boshlandi, unda raqamli markirovkalash masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzibayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari U.Safarov, Oʻzbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali ariza yuborgan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
___
#встреча #цифровая_маркировка

В Налоговом комитете началась встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков, на которой обсуждаются вопросы цифровой маркировки.

В ней принимают участие заместитель председателя Налогового комитета А.Файзибаев, заместитель председателя Торгово-промышленной палаты, представители Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Ассоциации производителей воды и прохладительных напитков, а также предприниматели, которые подали заявку через систему обратной связи с налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati assotsiatsiya tomonidan bildirilgan har bir masalani atroflicha oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning natijalari yuzasidan bozor ishtirokchilari uchun tegishli xulosa va hukumatga takliflar tayyorlash toʻgʻrisida qaror qildi.

Shu bilan birga, 30 dan ortiq korxona agregatsiya tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirganini inobatga olgan holda, Soliq qo'mitasi 2024-yil 1-dekabrgacha agregatsiya tizimini ishga tushirish bo'yicha barcha tadbirlarni to'liq yakunlash, shuningdek EHFda markirovka kodlarini aks ettirish orqali tovarlarni kuzatib borish jarayonlarini joriy etish zarurligi haqida ma'lum qildi.
__________
#встреча #цифровая_маркировка

Руководством Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты решено создать рабочую группу по детальному изучению каждого вопроса, озвученного Ассоциацией, и по итогам подготовить соответствующие выводы и предложения для участников рынка, а также в правительство.

Вместе с тем, принимая во внимание что свыше 30 компаний уже успешно запустили систему агрегации, Налоговый комитет сообщил о необходимости до 1 декабря 2024 года полностью завершить мероприятия по запуску системы агрегации, а также
процессов прослеживаемости товаров путём отражения кодов маркировки в ЭСФ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #MXIK

Avvalroq yuqori likvidli tovarlarga qatʻiy oʻlchov birliklari biriktirilgan edi.

Soliq toʻlovchilarning fikr-mulohazalarini bilish maqsadida oʻtkazilgan tezkor soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatadiki, benzin, dizel yoqilgʻisi va propanni realizatsiya qilish jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega.

Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish maqsadida Soliq qoʻmitasida yoqilgʻi sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha AYQShlarga benzin, dizel yoqilg'isi va propanni EHFda realizatsiya qilishda o'lchov birligi sifatida "litr"dan foydalanish imkoniyati berildi.
______
#встреча #ИКПУ

Ранее за высоколиквидными товарами были закреплены фиксированные единицы измерения.

Как показывает опрос, запущенный для получения оперативной обратной связи от налогоплательщиков, процесс реализации бензина, дизельного топлива и пропана имеет свои специфические особенности.

В связи с этим для обсуждения возникающих вопросов в Налоговом комитете организована встреча с предпринимателями, реализующими данные виды топлива.

По итогам встречи автозаправочным станциям при реализации через ЭСФ бензина, дизельного топлива и пропана предоставлена возможность использовать в качестве единицы измерения "литр".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchrashuv #korrupsiya

Kiberjinoyatchilikdan himoyalanish bo‘yicha tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun kiberjinoyatchilk va korrupsiya mavzularida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ipoteka Bankning “Mehnat” filiali mas'ullari tomonidan bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan kiberjinoyatchilikni oldini olish, kompyuter, telefon kabi texnikalardan xushyorlik va extiyotkorlik bilan foydalanish borasida fikr va mulohazalari hamda kiber resurslardan qanday qilib himoyalanish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida korrupsiya oyligi doirasida xodimlarga ish jarayonlarida ushbu holatlariga yo'l qo'ymaslik va shu jihatlarga jiddiy e'tiborda bo'lishi zarurligi aytildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach o‘zgartirish kiritiladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchrashuv #Yongin_xafsizligi

🔹Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun kasaba uyushmasi yo'nalishida va yong'in xavfsizligi mavzularida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarmaning boshlang'ich Kasaba uyushmasi mas'ul xodimlari tomonidan ushbu yo'nalishlar bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi mas'ullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbirlar o'tkazilganligi yuzasidan tushunchalar berilib, mazkur oylik doirasida gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligi, is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish va sodir bo‘lgan yong‘in holatlarini bartaraf etish usullari amaliy tarzda maxsus texnikalar yordamida ko‘rsatilinishi xodimlarga yetkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Ayni daqiqalarda "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" yakunlari va "Biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi" doirasida 2025-yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalarni muhokama qilish maqsadida poytaxtimiz tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda sohadagi mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo'mitasi raisi Sh.Kudbiyev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov ishtirok etmoqda.
__________
#встреча

Открытые диалоги с предпринимателями

В эти минуты проходит встреча с предпринимателями столицы в целях подведения итогов в "Год поддержки молодежи и бизнеса" и обсуждения приоритетных задач на 2025-й в рамках "Программы поддержки бизнеса".

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвуют председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев и председатель Торгово-промышленной палаты Д.Вахобов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads