TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.05K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#deklaratsiya

SAVOL:
2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Poytaxtimiz tumanlarida Soliq kodeksiga kiritilgan ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvi: xatolikni bartaraf etgan 6 mingta subyektda soliq auditi oʻtkazilishining oldi olindi


Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkazilmoqda.

2023-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida qariyb 6 mingta subyektlar tomonidan 2,1 trln soʻmlik qayta hisobotlar taqdim qilindi va oʻz navbatida ularning faoliyatida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Biroq, ayrim soliq toʻlovchilar berilgan yengilliklarga qaramasdan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organlarining tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomasiga javob bermasdan kelmoqda. Bu ularga nisbatan soliq auditi tayinlash zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasi yuzasidan quyidagi hollarda soliq organlari soliq auditi tayinlashga haqli:

👉aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmaganda;
👉aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmaganda;
👉taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilganda.


2023-yil mobaynida 53,4 mingta subyektda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlaridan 3,6 mingtasida (6,7%) soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki yetarli asosnomalar taqdim etilmadi.

Ushbu subyektlar faoliyatida quyidagi holatlar aniqlangan:


👉soliq solish bazasini kamaytirib koʻrsatish, shu jumladan xarajatlarni sunʼiy oshirish hisobiga soliqlarni kam hisoblash;
👉huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliq toʻlamaslik;
👉xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq emasligi hisobiga soliqlarning hisoblanmasdan qolganligi;
👉hisobga olinadigan soliq summasini notoʻgʻri oshirib koʻrsatish va toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarini qoʻllash.


Hurmatli soliq to‘lovchilar, kameral soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etish tashkilotingiz faoliyatida soliq auditi tayinlanishini hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Yakkasaroy #muhokama

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi “Xamid Sulaymon” va “Damariq” MFYlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, mahalla raislari hamda faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 98 nafar qatnashchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, doimiy daromad manbalarini yaratish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #muhokama

Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi “Xamid Sulaymon” va “Damariq” MFYlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram