#soliq_tushumlari #yigilish
🔷Soliq tushumlarini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2024-yilning 16-yanvar kuni Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri "yashirin" iqtisodiyot, ekani ta'kidlandi.
Oʻz navbatida, Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Toshkent shahar hokimligi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari boshchiligida tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida soliq tushumlarini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi. Tadbirda buning uchun eng avvalo yashirin faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda qonuniy ishlashga targʻib qilish kerak ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, ishchi xodimlari sonini kamaytirib yoki xarajatlarini oshirib koʻrsatayotgan, umuman, soliqlardan qochish maqsadida qonun doirasidan tashqarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, bunday holatlarga chek qoʻyilishi boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

👍3❤1
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🔷Jismoniy shaxslar yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi
Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻining bazaviy stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar shuningdek, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlarining iqtisodiy rivojlanishga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqini saqlanib qolindi.
Joriy soliq davri uchun soliq stavkalari har yili 10-yanvargacha (ilgari 31-dekabrgacha) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
🔹BATAFSIL🔹

👍3
#Mirobod #muhokama
✅Poytaxtimiz tumanlarida jinoyatlar muhokamasi davom etmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida”gi 565-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, sodir etilgan jinoyatlar shahar va tuman sektor rahbarlari boshchiligida muhokama etib kelinmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvi Mirobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, mahalla raislari hamda faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 50 nafar fuqaro ishtirok etdi. Mazkur tadbirda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida yoshlar va mahalla faollari bilan o‘zaro fikr almashildi.
Ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, shuningdek, doimiy daromad manbalarini yaratish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.