TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

🔹260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish

Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

🔹261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash

Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

🔹262-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga soliq solish

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bog‘liq xizmatlarga soliq solish

🔹Nol stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chog‘ida amalga oshiriladi:
1) tovarlarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda tovarlarning jo‘natish punkti yoki belgilangan punkti O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yo‘l transporti va (yoki) avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

264-modda. Ayrim hollarda nol darajali stavkaning qo‘llanilishi

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi to‘langan soliqni qoplash (qaytarish) yo‘li bilan nol darajali stavkasi bo‘yicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha olinsa:
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining) shaxsiy foydalanishi uchun;

👉
BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

👉
BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

266-modda. To‘langan soliq summalarini hisobga olish

Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli bo‘ladi:

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi

Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:

1) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari ushbu bo‘limga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda);

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

268-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma mavjud bo‘lganda soliq summasini hisobga olish uchun qabul qilish tartibi

Agar soliq to‘lovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshirsa, soliq solinadigan aylanmaga to‘g‘ri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi.

Hisobga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliq summasi soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish

🔹Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:

1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda;
2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yo‘qligida esa soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo‘qotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya, yo‘l-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yo‘qotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram