TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq to'lovchilarni soliq tizimiga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalardan xabardor qilish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasining Soliq solish bo'yicha maslahat hamda yangi texnologiyalar axborot-informatsion bo'limi xodimlarining navbatdagi seminari poytaxtimizning Olmazor tumanida tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

149-modda. Guvohning ishtiroki


Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.
Guvohning ko‘rsatmalari bayonnomaga kiritiladi.
Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas:

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga sharh.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

🔷JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

1.Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqlarning stavkalari,
▫️soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash (shu jumladan, ShJBPHGA 0,1% oʻtkazish) tartibi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor #mahallabay

Tadbirkorlarning muammolari o'rganilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshchiligi bilan Toshkent shahar hokimligi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari hamkorligida Shayxotohur tumani 4-sektor hududidagi "Suzuk ota" mahallasida hunarmand-tadbirkorlar uchun ajratilgan maxsus joylarga chiqqan holda ularning faoliyati bilan tanishildi.

Uchrashuv jarayonida hunarmandlar bilan suhbat qilinib, ularning mavjud muammo va takliflarini belgilangan tartibda o'rganib chiqish bo'yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk

Mol-mulk soligʻi maʼlumotnomasi hamda baholash natijalari soliq organlariga qanday yuboriladi
?

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joriy yilning 20-yanvarigacha* soliq organiga taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 417-modda
👉Maʼlumotnomani to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Agar koʻchmas mulk obyektida mustaqil baholash amalga oshirilgan boʻlsa baholash natijalarini ushbu manzil orqali soliq organiga yuborish lozim.
👉Baholash natijalarini yuborish boʻyicha qoʻllanma

Soliq organlari tomonidan baholash natijalari qabul qilingandan soʻng ular maʼlumotnomada avtomatik aks etadi.

Maʼlumot uchun: Ma'lumotnomada oxirgi 2 yilda (24 oy davomida) amalga oshirilgan baholash natijalari aks etadi. Yaʼni 2022-yilning fevral oyidagi baholash natijalari 2024-yilning fevral oyiga qadar amalda bo‘ladi.

Agar koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda, mulk maydoni oʻzgargan davrdan boshlab baholash natijalari ma'lumotnomada aks etmaydi. Bu holatda oʻzgargan mulk maydoni uchun qayta baholash natijalarini yuborish zarur.

Baholash natijalarini yuborishda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
🔸Baholangan mulk maydoni va qiymati toʻgʻri aks ettirilganligiga;
🔸Baholash natijalari (hisoboti) toʻliq biriktirilganligiga;
🔸Baholash amalga oshirilgan davr toʻgʻri ko‘rsatilganligiga;
🔸Baholash maqsadi toʻgʻri amalga oshirilganligi yaʼni soliq bazasi sifatida baholanganligiga.


Baholash natijalari hududiy soliq boshqarmalari tomonidan 2 ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari koʻchmas mulk obyektining tarkibida minimal qiymat tatbiq etilmaydigan hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar mavjud boʻlgan taqdirda my3.soliq.uz portalidagi Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlariinteraktiv xizmati orqali mulk maydoni hamda mulk qiymatini aks ettirgan holda murojaat yoʻllash lozim.

Bunda koʻchmas mulk obyektining qoldiq qiymati belgilangan eng kam qiymatdan yuqori boʻlgan taqdirda ushbu qiymatlar aks ettirilgan holda murojaat yuboriladi.
👉Murojaat yuborish boʻyicha qoʻllanma

Maʼlumot uchun: Koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda oʻrtacha yillik qoldiq qiymat boʻyicha yuborilgan murojaatni qayta yaʼni oʻzgargan maydonni tanlagan holda murojaat yuborish lozim.
Xuddi shuningdek, minimal qiymat tatbiq etilmaydigan maydonlar hamda normativ muddatda qurilish tugallanmagan obyektlar uchun ham qayta murojaat yuborish zarur.
2023-yilda yoʻllangan murojaat 2024-yil ma'lumotnomasida aks etmaydi. Shuning uchun 2024-yilda obyektning eskirish qiymatini chegirgan holda qayta murojaat yuborish lozim.


Murojaatlar hududiy soliq boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

* 20-yanvar dam olish kuni (shanba) bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni 22-yanvarga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarni tadbirkorlarga yetkazish bo'yicha seminarlar o'tkazilmoqda

Joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi hamda yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida seminar tashkil etildi.

30 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan ushbu tadbirda Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar so'ngida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram