TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida Mirzo Ulug'bek tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda 15 dan ortiq murojaatlar shu yerning o'zida hal etildi.

🔸BATAFSIL🔸

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yashnobod #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

🟢Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan poytaxtimizdagi "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning muammolarini yechish bo'yicha muayyan ishlar muntazam amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-avgust kuni shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari Yashnobod tumanida navbatdagi sayyor qabulda ishtirok etdi. Tadbirda o'zini o'zi band qilmoqchi bo'lgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi, IT sohasi bilan shug'ullanib, daromad manbaiga ega bo'lishni maqsad qilgan yoshlarga kompyuter, printer, salomatlikni tiklash uchun maxsus yo'llanmalar va murojaatlarga asosan boshqa ko'plab zaruriy vositalar o'z egalariga topshirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu ma’noda, Toshkent shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari ishtirokida Yashnobod tumanida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷 Respublikamizning tuman va mahallalari kesimida oʻtkazilib kelinayotgan sayyor qabullar jarayonida muammolari bartaraf etilayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda.

🔹Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Tadbirda 4-sektor masʼullari yashash sharoiti ogʻir, bemor va himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan yoʻllangan 32 ta murojaat va takliflarning 15 tasini joyida hal etib, vaqt talab qiladigan boshqa masalalarni oʻrganishni boshlab yubordi.

Jumladan, 5 ta subsidiya, 3 ta safarbarlik chaqiruv rezervi va 6 ta toʻlov kontraktni 50% toʻlab berish sertifikatlari hamda 1 dona nogironlik aravachasi murojaatlar asosida oʻz egalariga topshirildi. Shuningdek, dori-darmon va moddiy yordam soʻragan 17 nafar aholiga koʻmak berish ijrosi ham nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi.

🔹Batafsil🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari tomonidan xalq manfaatlari yo'lida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada kamchilik va muammoli masalalari bo'lgan yordamga muhtoj aholi qatlami sezilarli darajada kamayib bormoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida Shayxontohur tumani aholisi va yoshlarining murojaatlarini tizimli o'rganish va hal etish maqsadida 46 nafar fuqaro ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Ommaviy qabulda Toshkent shahar 4-sektor rahbari tomonidan 18 nafar talabaga o'quv shartnoma pullarining 50 foiz qismi to'lab berilganligi to'g'risida sertifikatlar, 7 ta muammoli masala bo'yicha martalik yordam puli, 2 ta fuqaroga jarrohlik amaliyotini o'tkazish va davolanishlari uchun moddiy yordam, boshqa ko'plab yoshlarga zamonaviy kasb-hunar va axborot texnologiyalari o'qish xarajatlarini qoplashda hamda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun tikuv mashinalari topshirildi.

Shu tarzda 40 ta murojaat joyida hal etildi va 6 tasi vaqt talab etadigan masalalar bo'lganligi sababli mas'ullarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Toshkent shahar 4-sektor rahbari tomonidan Shayxontohur tumani aholisi va yoshlarining murojaatlarini tizimli o'rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #yoshlar_bilan_uchrashuv #mahallabay

Shayxontohur tumanida "rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Bugungi kunda yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xuddi shu maqsadda, Shayxontohur tumani "Kamolon darvoza" mahallasida tuman 4-sektor rahbari boshchiligida 70 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda yoshlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga kerakli ko'rsatmalar berildi. Xususan, OTM to'lov konraktni to'lab berish, o'zini o'zi band qilish uchun zamonaviy kasblarga o'qitish hamda tibbiy muolaja olish kabi masalalar shular jumlasidan hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yoshlar_bilan_uchrashuv #barqarorlik_reytingi

🔷Yosh tadbirkorlar e'tirof etildi

Joriy yilning 8-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining poytaxtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan hamda tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan 200 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "M-Faktor" loyihasi asoschisi Xasan Mamasaidov ham ishtirok etib, yoshlar bilan ishbilarmonlik sohasidagi o'z hayotiy tajribalarini ulashdi.

Ochiq va qizg‘in muloqotga boy bo‘lgan uchrashuvda qatnashchilarga tadbirkorlarning barqarorlik reytingi hamda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida ham tushuncha berib o‘tildi. Shundan so‘ng, yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘z bilimi, mahorati va shijoati bilan tadbikor bo‘lib, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratayotgan, ayniqsa, yoshlarga namuna sifatida faoliyat yuritib kelayotgan 14 nafar tadbirkor Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Qayd etish joizki, mazkur uchrashuvdan maqsad, yoshlarning biznes muhitidagi muammolarini va takliflarini o‘rganib, ularga yengillik yaratish bilan bir qatorda erishgan muvaffaqiyatlarini e'tirof etish va kelajakda yirik tadbirkorlar bo‘lib yetishishlariga ko‘mak berishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_bilan_uchrashuv #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan hamda tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_bilan_uchrashuv #barqarorlik_reytingi

🔷Axborot 24 | Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining poytaxtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan hamda tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan 200 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan tabiat qo‘ynida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqoqt universiteti talabalari hamda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvi bevosita tabiat qo‘ynida bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan ushbu madaniy-ma'rifiy tadbirda jami 50 nafarga yaqin yoshlar, taniqli yozuvchi va xonandalar ham ishtirok etdi. Samimiy tus olgan davra suhbatida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bilan bir qatorda ularning xalqimizga hamda Vatanimizga manfaat keltiradigan insonlar bo‘lib yetishishini ta'minlashdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida talabalar hamda uyushmagan yoshlar bilan tabiat qo‘ynida uchrashuv tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Shu yilning 18-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida Uchtepa tumanining "Vatanparvar", "Vatan", "Xalq yulduzi" hamda "Katta Oqtepa" mahallalaridagi 26 nafar "ahvoli og'ir" toifasidagi yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda qatnashchi yoshlarning bugungi kundagi muammolarini o'rgangan holda o'zlarining takliflari bo'yicha yechim topish uchun tuman hokimligi, Yoshlar agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlarga zarur ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlardan, asosan, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasbga o'qitish hamda uy-joy bilan ta'minlash kabi takliflar kelib tushganligi inobatga olinib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida Uchtepa tumani mahallalarida istiqomat qiladigan "ahvoli ogʻir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv #xonadonbay

🔷Uchtepa tumanidagi yoshlarning muammosi xonadonbay yurib o'rganilmoqda

Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan Uchtepa tumanida istiqomat qiladigan, hayotda o'z o'rnini topishga qiynalayotgan "ahvoli og'ir" toifadagi 13 nafar yoshlar xonadoniga borgan holda ularni o'ylantirgan masalalar, shuningdek, yashash sharoitlari bilan tanishilmoqda.

Ushbu yoshlar Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining yoshlar bilan uchrashuviga kelishga imkon topa olmaganligi uchun mas'ullar ularning yashash manzillariga borib, belgilangan tartibda muammo va takliflarini o'rgandilar. Endilikda shundan kelib chiqqan holda yo'l xaritasi ishlab chiqilib, ularga amaliy yordam ko'rsatish ishlari belgilab olinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan uchrashuvlar samarali bo‘lmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 12-aprel kuni o‘tkazilgan vedio selektorda yoshlar bilan ishlash tizmini takomillashtirish va hayotda o‘z o‘rinini topa olmayotgan yoshlar bilan ishlash va ularni otaliqqa olish bo‘yicha har bir rahbar mas’ullarga topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlarni ijrosi to‘la ta’minlanmoqda. Xususan, Soliq organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 24 nafar og‘ir toifadagi yoshlar bilan joriy yilning 15-may kuni Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan mas’ullar tomonidan ochiq muloqat tarzda ushrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari va takliflari mas’ullar tomonidan eshitildi, o‘rganildi va nazoratga olindi.

Aksariyat muammolar joyida bartaraf etilib, muddat talab qilinadigani tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Soliq organlarining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram