TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshqarma xodimlariga ovqatlanish va yo'lkira xarajatlari mablag'i o'z vaqtida berilmayotganligi to'g'risida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Boshqarmaga joriy yilning sentabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Raisining 2023-yil 6-oktabrdagi “Soliq xizmati organlariga maxsus jamg‘armadan mablag‘ ajratish va xodimlarga ustama belgilash to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i kelib tushgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan ushbu buyruqqa asosan, joriy yilning 19-oktabr sanasida mablagʻ ajratilgan boʻlib, shu kunning oʻzida boshqarma xodimlariga  mazkur mablagʻlar toliq toʻlab berilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro O.B tomonidan ijtimoiy tarmoqda bildirilgan e'tirozli muorjaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 395-moddasiga asosan mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilab berilgan bo‘lib, ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyatni yakka tartibda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Shuningdek, Soliq kodeksining 380 va 388-moddalariga asosan bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlari daromad solig‘idan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro A.I tomonidan soliq hisoboti to'g'risida ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Korxona rahbari bo'lgan mazkur tadbirkorga nisbatan 2023-yining aprel — avgust oylari uchun qo'shilgan qiymat solig'i hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim etmaganligi sababli O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan va ushbu Kodeks 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima belgilangan.

Shuningdek, jarimalar qo'llanilishidan avval shaxsiy kabinet orqali tegishli tartib bilan ogohlantirish xati yuborilgan. Qayd etish joizki, tadbikorga nisbatan tizim tomonidan inson omili aralashuvisiz soliq organlari bazasida mavjud ma'lumotlarni tortish yo'li bilan mustaqil ravishda ma'muriy jarima qo'llash to'g'risida qaror qabul qilingan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro Y.G tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan savdo shoxobchasida muayyan vaqtlarda "Humo" bank kartasi uchun terminal ishlamayotganligi sababli xarid qila olmayotganligi to’g’risida murojaat qoldirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur murojaat tuman soliq ispeksiyasi xodimlari tomonidan o’rganib chiqilganida Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan tadbirkorlik subyekti onlayn-NKT hamda barcha turdagi to’lov terminallari bilan to’liq jihozlanganligi va o’z faoliyati davomida ulardan muntazam ravishda foydalanayotganligi ma'lum bo’ldi.

📌Hurmatli fuqarolar, soliqqa oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo’limi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Taksi xizmatlari Soliq qo‘mitasi talablarini bajarmoqda


Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “YandeksGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.

Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma'lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo'yicha ishlar yakunlandi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo'yicha Soliq qo'mitasi tomonidan qo'yilgan talablarni bajardi.

Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash ishlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz.
Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to'lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda.
______________
#официальная_информация

Сервисы такси выполняют требования Налогового комитета

C 1 декабря этого года сервис Yandex Go будет предоставляться на территории Республики Узбекистан налоговым резидентом Узбекистанаюридическим лицом ООО «YandexGo UB».

Начиная с этой даты, сервис Yandex Go будет вести учет в соответствии с требованиями законодательства РУз, выставлять первичные документы, представлять налоговую отчетность и уплачивать установленные налоги.

Об этом компания Ridetech International B.V. уведомила Налоговый комитет официальным письмом.

Вместе с этим завершена работа по интеграции сервиса Yandex Go с оператором фискальных данных. Решается вопрос выдачи фискальных чеков самозанятых и юрлиц на каждую поездку c использованием данного сервиса.

Таким образом, Yandex Go выполняет выставленные Налоговым комитетом требования по приведению своей деятельности в соответствие с законодательством.

Также сообщаем, что работа по интеграции с оператором фискальных данных завершена у сервисов MyTaxi и Uklon. Фискализация платежей за поездки в данных сервисах ожидается в самое ближайшее время.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 1-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba maʼlumotlari asosida avtomatlashtirildi.

Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bogʻcha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz (oyiga 340 ming soʻm) qoʻllanilmasdan qolgan.

Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan yechib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro S.S tomonidan soliq hisoboti to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Korxona rahbari bo‘lgan mazkur tadbirkorga nisbatan 2023-yining iyun oyi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim etmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan va ushbu Kodeks 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima belgilangan.

Shuningdek, jarimalar qo‘llanilishidan avval shaxsiy kabinet orqali tegishli tartib bilan ogohlantirish xati yuborilgan. Qayd etish joizki, tadbikorga nisbatan tizim tomonidan inson omili aralashuvisiz soliq organlari bazasida mavjud ma'lumotlarni tortish yo‘li bilan mustaqil ravishda ma'muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasining Yandex Go, MyTaxi, Uklon va boshqa taksi xizmatlari toʻlovlarini fiskallashtirish toʻgʻrisidagi xabarida o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar cheklari uchun keshbek berish to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilinmagan.

Vazirlar Mahkamasining 5252-son qaroriga muvofiq avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga 1% keshbek berilmaydi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda 135 mln so‘m keshbek berilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilamiz.
————-
#официальная_информация

В сообщении Налогового комитета о фискализации платежей за поездки в сервисах Yandex Go, MyTaxi, Uklon и других служб такси, не упоминается возможность получения кешбэка за чеки, выданные самозанятыми водителями.

Согласно ПКМ №52521% возврат от суммы покупок не предусмотрен за покупки автомобилей, авиа и железнодорожных билетов, оплаты коммунальных услуг и услуг связи, а также чеков, выданных самозанятыми лицами.

Таким образом, информация в социальных сетях о возврате 135 млн сумов кешбэка не является достоверной.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "Shambala" nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasida narx-navo qimmatligi va buyurtma qilinmagan narsalar xarid chekiga kiritilganligi yuzasidan qoldirilgan murojaat bo’yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur murojaat tuman soliq inspeksiyasi tomonidan o’rganib chiqilganida Mirzo Ulug’bek tumani Asaka ko’chasida joylashgan tadbirkorlik subyekti xodimi mijoz bilan hisob-kitob vaqtida QR-kodli xarid cheki taqdim etgan. Shuningdek, korxona onlayn-NKM, 2D-skaner apparati hamda barcha turdagi to’lov terminallari bilan to’liq jihozlanganligi va o’z faoliyati davomida ulardan muntazam ravishda foydalanayotganligi ma'lum bo’ldi.

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunininig 8-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish huquqiga ega, deb belgilangan. Ushbu qonunning 34-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq (Davlat tomonidan belgilangan ayrim turdagi tovar-mahsulotlarning narxlari bundan mustasno) amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

❗️O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, soliq organlarining vakolatiga kirmaydigan ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "O’rikzor savdo kompleksi"da majburiy to’lov qilmagan tadbirkorlarga sun'iy ravishda jarima solinayotganligi yuzasidan qoldirilgan murojaat bo’yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi hamda "O’rikzor savdo kompleksi" MJCh xodimlari hamkorligida mazkur savdo kompleksida onlayn nazorat kassa texnikalari o‘rnatmasdan yoki ishlatmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va bu holatni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada kompleksdagi 4 nafar tadbirkorga tegishli onlayn-NKT fiskal moduli uchun to‘lov qilinmaganligi tufayli, apparat bloklanib qolgani sababi bilan ishlatilmayotganligi aniqlandi. Vazirlar Mahkamasining 943-sonli qaroriga asosan, subyektlarga o‘rnatilgan onlayn-NKTlar fiskal moduli uchun bir yillik to‘lov amalga oshirilib, ish faoliyatiga keltirilguniga qadar savdo faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shunga ko‘ra, tadbirkorlarga onlayn-NKT soz holatga keltirilishi bilan ish faoliyatlarini davom ettirishlari mumkinligi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "Minor" masjidi avtoturargohi pulli bo‘lgani aytilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" jome' masjidi avtoturargohi kirish qismida transport ulovi egalariga sana va vaqt ko‘rsatilgan maxsus talon topshirilmoqda. Turargohdan chiqishda mazkur talon tekshirilib, avtomobilini 1 soatgacha qoldirgan fuqarolardan hech qanday pul talab qilinmayapti. Ya'ni avtoturargohdan 1 soat foydalanish tekin, ammo bundan ortiq vaqt davomida avtomobilini qoldirganlardan xizmat haqi olinib, onlayn nazorat kassa texnikasidan QR-kodli chek taqdim etilmoqda.

Avtomobillarini turargohga joylashtirib, kunlab, hattoki, haftalab qoldirib ketadigan fuqarolar masjidga ibodat maqsadida kelgan insonlarga noqulaylik tug‘dirayotganligi, shuningdek, jamoat hamda avtoulovlar xavfsizligini ta'minlash uchun ham shunday yo‘l tutilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasi har bir Soliq toʻlovchining fikr va mulohazalarini hurmat qiladi!

So‘nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha yengillik va oʻzgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.

Soliq qoʻmitasi
bundan keyin ham Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni oʻzining muhim vazifasi deb hisoblaydi.

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.

Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan soʻng loyiha Hukumatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
————-
#официальная_информация

Налоговый комитет уважает мнение и позицию каждого налогоплательщика!

Тому свидетельством служит ряд послаблений и изменений, внедренных в действующие нормы в последнее время.

Клиентоориентированность во взаимодействии с налогоплательщиками считаем своей наиболее значимой задачей.

Прежде чем проект постановления "О реализации комплексных мер по борьбе с теневой экономикой" будет внесен в Правительство, состоится его широкое общественное обсуждение через портал regulation.gov.uz в порядке, установленном действующим законодательством, для изучения общественного мнения и получения предложений.

На основе этих общественных обсуждений (советов и рекомендаций предпринимателей, институтов гражданского общества, ученых, экспертов и специалистов) проект будет полностью пересмотрен и после внесения правок в нормы и требования, оказывающие негативное влияние на предпринимательскую деятельность, проект будет представлен на рассмотрение Правительства.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “MALIKA” SOLIQCHILAR NAZORATIDAN CHETDAMI YOKI NAZARIDAN?! sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

"PREMIUM PRIME SERVICE" MChJga qarashli “Malika” savdo kompleksida 2024-yil 1-may holatiga ko'ra Davlat xizmatlari markazidan rasmiy ro'yxatdan o'tgan holda 194 nafar Tabdirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularning 120 tasini yuridik shaxslar va 74 tasini yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil qiladi.
Savdo kompleksida 220 ta onlayn nazorat kassa va 198 ta terminal apparati o‘rnatilgan bo'lib, Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida ja’mi 89,9 mlrd.so‘mlik savdo tushumi tushirilgan.
2024-yil aprel oyi davomida 27,6 mlrd.so‘mlik savdo va xizmat ko‘rsatish amalga oshirilgan.

2024-yilning o‘tgan davrida fuqarolarga QR kodli chek bermaslik holatlari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan dasturi orqali kelib tushgan xabarlar asosida 6 ta tadbirkorlik sub’ektining faoliyatida sayyor soliq tekshiruvlari o'tkazilib, tekshirishlar natijasiga ko‘ra 31,5 mln.so‘m moliyaviy jarima choralari qo‘llanilgan.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi amalga oshirilgan tadbirlar davomida qo‘shimcha ravishda 25 ta onlayn nazorat kassa texnikasi va 3 ta terminal apparati o‘rnatilib, 248 nafar norasmiy ishlab kelgan fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi hamda tadbirkorlar tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan muntazam targ‘ibot va nazorat ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram