TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #nazorat_tadbiri

🔷Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumani A.Qahhor koʻchasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruhi tashkil etilib, Shayxontohur tumanidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #nazorat_tadbiri

🔷Mirzo Ulug‘bek tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezident qo‘llab-quvvatlashi bilan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq yuki kamaytirilib, biznes yuritishdagi ko‘plab byurokratik to‘siqlar olib tashlanmoqda. Biroq taqdim etilgan bunday imkoniyatlardan oqilona va to‘g‘ri foydalanmayotgan tadbirkorlar ham uchrab turibdi.

Xususan, “Soliq hamkor” bo‘limiga QR-kodli chek bermaslik holati bo‘yicha kelib tushgan murojaat asosida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati tekshirilganida tadbirkorlik subyekti haqiqatan ham xarid uchun QR-kodli chek taqdim etmayotganligi hamda savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu holatlar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga nisbatan Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, norasmiy tarzda ishlatilib kelinayotgan xodimlar borligi aniqlanib, ularning ishga rasmiy olinishi bo‘yicha mas'ullarga kerakli tushuntirishlar berildi.

📌Hurmatli tadbirkorlar, nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va QR-kodli xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #nazorat_tadbiri

🔷Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Yangihayot tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi

Soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga QR-kodli chek taqdim etishi shart. Bu bo‘yicha Soliq xizmati xodimlari xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazib, aniqlangan qonunbuzarliklarni tegishli tartibda bartaraf etmoqda.

Xususan, sayyor soliq tekshiruvi xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yangihayot tumanida faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Natijada tadbirkorlik subyekti xodimi xarid uchun haqiqatan ham mijozga chek bermaganligi va uni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaganligi aniqlanib, ushbu holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, mazkur shoxobchadagi 6 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlatilib kelinayotganligi aniqlanib, tuman soliq inspeksiyasi mas'ullari tomonidan jamiyat rahbariga holatni bartaraf etish bo‘yicha kerakli tushuntirishlar berildi.

Ma'lumot o‘rnida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasining Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida “Soliq hamkor” bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida 25 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, tekshirishlar natijasi bo‘yicha budjetga qo‘shimcha 125 mln. so‘m yo‘naltirilishi ta'minlandi. Shundan 3 holatda soliq to‘lovchi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligi talabalari qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan, yana 3 holatda esa belgilanmagan joyda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlangan hamda ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvi sho‘basi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #nazorat_tadbiri #hamkorlik

🔷"Jomiy" qurilish mollari savdo markazidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o'rganildi

Poytaxtimiz tumanlarida yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruhi tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda. Shunday profilaktik tadbirlarning navbatdagisi Olmazor tumanidagi "Jomiy" qurilish mollari savdo markazida o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, savdo terminali va onlayn-NKT o‘rnatmasdan, xaridlar uchun QR-kodli chek taqdim etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar aniqlanib, tegishli tartibda chora ko‘rildi hamda ushbu savdo apparatlarining o‘rnatilishi ta'minlandi. Shuningdek, soliqlardan qochish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, yashirincha ishlab kelayotgan tadbirkorlar faoliyati ham savdo markazida tashkil etilgan "Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi"da rasmiylashtirildi. Ahamiyatga molik jihati shundaki, tadbir davomidagi savdo tushumi undan oldingi kunlardagi savdo tushumidan bir necha barobar ko‘paygani qayd etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #nazorat_tadbiri #hamkorlik

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida poytaxtimizning yirik savdo komplekslarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #nazorat_tadbiri

🔷 Murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda

Soliq xizmati xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Onlayn-NKT dan foydalanmaslik, QR-kodli chek bermaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llanilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tumandagi Oliy ta'lim muassasalaridan birining umumiy ovqatlanish shoxobchasida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazganida tadbirkorlik subyekti xodimi mijozga xarid uchun QR-kodli chek bermaganligi hamda kunlik savdodan tushgan 4 mln.431 ming so‘m naqd pullarni nazorat-kassa mashinasi хotirasiga kirim qilmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, mazkur shoxobchadagi 7 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlatilib kelinayotganligi aniqlanib, kamchilik joyida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #nazorat_tadbiri

🔷Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumandagi Oliy ta'lim muassasalaridan birining umumiy ovqatlanish shoxobchasida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram