TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 1,1 mlrdan ziyod elektron chek berildi

2023-yil 1-noyabr holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 42,2 trln so‘mlik 1 150,7 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 223,9 mln dona elektron chek uchun 95,9 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 160 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 49 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 35 ta (71%);
Integratsiya jarayonida – 5 ta (10%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 9 ta (19%).

▫️Bank mobil ilovasi – 35 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 29 ta (83%);
Integratsiya jarayonida – 4 ta (11%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 2 ta (6%).

🌐Internet do‘konlar – 76 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 43 ta (56%);
Integratsiya jarayonida – 22 ta (29%);
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 11 ta (15%).
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 1,1 млрд электронных чеков

По состоянию на 1 ноября 2023 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 1 150,7 млн электронных чеков на общую сумму 42,2 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 223,9 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 95,9 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 160.

Из них:

▫️Электронные платежные системы – 49

осуществлена полная интеграция 35 (71%);
в процессе интеграции – 5 (10%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 9 (19%).

▫️Мобильные приложения банков – 35
осуществлена полная интеграция 29 (83%);
в процессе интеграции – 4 (11%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) –2 (6%).

🌐 Интернет-магазины – 76
осуществлена полная интеграция 43 (56%);
в процессе интеграции – 22 (29%);
не осуществляют деятельность (неиспользуемые) – 11 (15%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq imtiyozlarini bekor qilishni yoki yangi majburiyatlarni joriy etishni nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari qachondan amalga kiritiladi?
Anonymous Quiz
45%
Rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uch oy o'tgach
20%
Rasmiy e'lon qilingan kundan
5%
Hujjat qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan
31%
Hujjatning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, rasman e'lon qilingan kundan
#hamkorlik

XVJ bilan hamkorlik: milliy soliq maʼmuriyatchilini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi

2023-yilning 22-noyabr
kuni “Soliq maʼmuriyatchiligini diagnostik baholash vositasi” (TADAT) Missiyasi doirasida Soliq qoʻmitasi rahbariyati va XVJ*ning Fiskal masalalar departamenti Daromadlarni boshqarish boʻlimining katta iqtisodchisi Vinsent de Pol Kukpayzan ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda joriy yilning 10–26- iyul kunlari milliy soliq maʼmuriyatchiligi tizimini baholash boʻyicha oʻtkazilgan Missiya hisobotida qayd etilgan holatlarni bartaraf etish hamda ularni yaxshilash yuzasidan takliflar berish maqsad qilingani taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuvda Soliq qoʻmitasi vakillari bilan soʻnggi hisobot natijalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida XVJ ekspertlariga mazkur Missiya uchun minnatdorlik bildirilib, 1-dekabrga qadar hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

*Xalqaro valyuta jamgʻarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Dunyoda shunday bir boylik borki qancha berganing, tarqatganing sari u tugamaydi. Uning oti - BILIMDIR!

Xalq so‘zidan

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tayinlov

Yashnobod tumani soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Ashirmatov Rustam Maxmudjanovich Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

U 1978-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Shayxontohur tumani hokimiyatida boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Ashirmatov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

14-bob. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma

117-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari


Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e’tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot #mahalla_yettiligi #seminar

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoni haqida ma'lumot berilib, sohadagi muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Ayniqsa, "mahalla yettiligi"ning imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram