TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 477 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-noyabr holatiga soliq organlarida 477 759 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 342,1 mingta ijara shartnomasi asosida 103,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 47,2 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 26,6% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 135,6 mingta ijara shartnomasi asosida 501,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 46,1% va hisoblangan soliq summasi 20,8% ga oshgan.

Talabalar bilan 94,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 127,9 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 33 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 477 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 ноября 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 477 759 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 342,1 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 103,7 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 47,2%, а сумма начисленного налога - на 26,6%.

На основании 135,6 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 501,4 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 46,1%, а сумма начисленных налогов - на 20,8%.

Со студентами заключено 94,2 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 127,9 тыс.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 33 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv

🔷Soliq va boshqa majburiy tushumlarni byudjetga undirish ijrosini ta'minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari rahbarligida soliq qarzdorligi mavjud korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhokamaviy tarzda o'tgan tadbirda soliq qarzdorligining qanday qilib kelib chiqishi va uning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligi mutaxassislar tomonidan izohlanib, soliq qarzini qisqartirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rgan holda byudjetga to'lanishi yuzasidan korxonalarning rahbar va mas'ullariga tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn xaridlar uchun 1 mlrd donadan ortiq elektron chek berilgan

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

Joriy yilning 10 oyi davomida onlayn-NKT orqali 700,7 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 182,8 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Yanvar – oktabr oylarida iste'molchilarga umumiy qiymati 42,2 trln so‘mlik 1,1 trln donadan ziyod (qog‘oz cheklarga nisbatan 64% ko‘p) elektron chek taqdim etildi. Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to‘lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash lozim.

Joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 94 mingdan ortiq murojaat yuborilgan. Ilovaning o‘zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.
___________
#онлайн_ККТ #маркетплейс

За онлайн-покупки выдано более 1 млрд электронных чеков

Реализуя товары или услуги, предприниматели должны использовать онлайн контрольно-кассовую технику и выдавать покупателям чек с QR-кодом. Такой чек выдаётся как при оплате наличными, так и через терминал.

За 10 месяцев этого года через онлайн-ККТ выдано 700,7 млн чеков, товарооборот по ним составил 182,8 трлн сумов.

Если покупатель производит оплату через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы), то фискальный чек формируется в электронном виде.

С января по октябрь потребителям выдано свыше 1,1 млрд электронных чеков на общую сумму 42,2 трлн сумов (на 64% больше, чем бумажных чеков). По таким чекам кешбэк в размере 1% от суммы покупок начисляется автоматически в мобильном приложении Soliq (для этого номер телефона в приложении Soliq и в платежной системе (маркетплейсе), через которую производится оплата, должны совпадать).

Покупатель вправе уведомить налоговые органы о том, что ему не выдали чек с QR-кодом. Для этого нужно подать обращение через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq. С начала года поступило более 94 тысяч таких обращений. Отслеживать статус обращения можно в самом приложении.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

@Efactura_Bot bilan ishingiz yanada oson bo‘ladi

Soliq xizmati organlari tomonidan Rouming tizimining @Efactura_Bot Telegram-boti ishga tushirildi.

Foydalanuvchi botni “Ishga tushirish” (запустить/start) orqali 8 ta raqamli Telegram-IDga ega bo‘ladi. Namuna – Telegram-ID: 20xxxxx48

Berilgan ID raqam soliq to‘lovchining my.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetidagi Elektron hisobvaraq-fakturalar bo'limida “Sozlanmalar” - “Sizning ma’lumotlaringiz” - “Telegram ID” maydoniga kiritiladi. Ushbu maydonga bir nechta ID raqam kiritish mumkin.

@Efactura_Bot imkoniyatlari

🔹 Quyidagi elektron hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin:
▪️EHF;
▪️shartnoma;
▪️ishonchnoma;
▪️tovar-transport yukxati;
▪️dalolatnoma;
▪️solishtirma dalolatnoma.

🔸 QR-kodli hujjat fayli botga yuborilganda:
▫️ayni vaqtdagi holatini (amalda / tuzatilgan / bekor qilingan) tekshirish;
▫️PDF formatdagi asl nusxasini (o‘zbek / rus tilida) yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Tirishqoqlik har qanday uzoq ishni yaqinlashtiradi,
tirishqoqlik yopiq eshiklarni ham ochadi.

Sadriddin Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

14-bob. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma

118-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani o‘zgartirish


Agar soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuborilganidan keyin ushbu talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha qarz summasi, penyalar yoki soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar summasi o‘zgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart. Mazkur qoida soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomada ko‘rsatilgan soliq, penya yoki jarimalar bo‘yicha qarzlari qisman to‘langan hollarga tatbiq etilmaydi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hamkorlik

Katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish texnologiyalari joriy etiladi


2023-yil 27-noyabr kuni Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini, xususan, IBM Cognos Analytics tizimini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Будут внедрены технологии анализа больших данных

27 ноября 2023 года в рамках проекта "Реформа налогового администрирования" при участии Всемирного банка состоялась встреча группы экспертов из Российской Федерации со специалистами, осуществляющими деятельность в налоговой сфере.

В ней обсуждались вопросы внедрения технологий быстрого анализа больших данных, в частности, системы IBM Cognos Analytics.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

EHF orqali tovar aylanmasi 1 308,6 trln so‘mga yetdi

2023-yil 1-noyabr holatida elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 33,8 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan. Ular bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 308,6 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchilar:

📍YSTBHSI - 781,7 trln so‘m 9,4 mlnta EHF;
📍Toshkent sh. - 227,7 trln so‘m 11,5 mlnta EHF;
📍Toshkent v. - 54,8 trln so‘m 1,9 mlnta EHF.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

Tоварооборот по ЭСФ составил 1 308,6 трлн сумов

По состоянию на 1 ноября 2023 года с помощью операторов системы электронного документооборота оформлено более 33,8 млн ЭСФ. Товарооборот по ним составил 1 308,6 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 13,8 млн ЭСФ на сумму 781,7 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 11,5 млн ЭСФ на сумму 277,7 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 1,9 млн ЭСФ на сумму 54,8 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

SAVOL:
Ta'sischi ishtirokchilar tarkibidan chiqish chog‘ida ustav fondiga qo‘shilgan hissa doirasida olingan mablag‘lar korxonada daromad sifatida hisobga olinadimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 304-moddasining 3-bandiga asosan ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog‘ida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash chog‘ida olingan mablag‘lar daromad sifatida hisobga olinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram