TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида жорий йилнинг 9 ойида эришилган иқтисодий натижалар, йил якунигача кутилаётган кўрсаткичлар ва 2024 йилга мўлжалланган макроиқтисодий прогнозлар муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве обсуждены экономические итоги за 9 месяцев текущего года, ожидаемые показатели на период до конца года и макроэкономические прогнозы на 2024 год.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #yakunlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#soliq_tushumlari #yigilish

🔷Soliq tushumlarini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi


2024-yilning 16-yanvar kuni Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri "yashirin" iqtisodiyot, ekani ta'kidlandi.

Oʻz navbatida, Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Toshkent shahar hokimligi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari boshchiligida tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida soliq tushumlarini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi. Tadbirda buning uchun eng avvalo yashirin faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda qonuniy ishlashga targʻib qilish kerak ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, ishchi xodimlari sonini kamaytirib yoki xarajatlarini oshirib koʻrsatayotgan, umuman, soliqlardan qochish maqsadida qonun doirasidan tashqarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, bunday holatlarga chek qoʻyilishi boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari #yigilish

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida soliq tushumlari masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_tushumlari #yigilish

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida soliq tushumlari ta'minlanishi masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida tuman soliq inspeksiyalari Shaxsiy tarkib xodimlari bilan 2024-yil yanvar oyi uchun belgilangan reja topshiriqlar ijrosi ta'minlanishi, xodimlar kesimida soliq ma'murchiligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Unda dastlab poytaxtimizdagi biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarga tosiq bo‘layotgan muammoli masalalarni vaqtida o‘rganish hamda tez fursatda bartaraf etish, ochiq va shaffof tarzda faoliyat yuritib, yashirin iqtisodiyotning ulushini yanada kamaytirish orqali soliq tushumlarini mahallabay holatda ta'minlash, Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida samaradorlikni oshirish kabi dolzarb masalalar tushuntirildi.

Shuningdek, mavjud tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga ko‘mak ko‘rsatish, soliq sohasidagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #yigilish #soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

Mirobod tumani hokimligida iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi


Mirobod tumani hokimligining faollar zalida joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ul tashkilot vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirda budjet tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash, mol-mulk va yer soliqlari o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish kerakligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda tuman soliq inspeksiyasi mutaxassislariga tadbirkorlarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida keng axborot berish, shu bilan bir qatorda yashirin iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini jadallashtirish haqida vazifalar belgilab berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram