Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#savdo_avtomati_kochma_savdo
Savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulot uchun onlayn-NKT cheki beriladimi?
Savdo avtomati bu — naqd pul yoki boshqa toʻlov vositalarini qabul qilgandan soʻng sotuvchining ishtirokisiz tovarlar berish orqali xizmat koʻrsatuvchi savdo uskunasi (vending machine). Savdo avtomati turgʻun yoki koʻchma savdo obyekti shaklida boʻlishi mumkin.
👉VMQ-75 13.02.2003
Savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni koʻrsatishda onlayn-NKTdan foydalanish talab etilmaydi.
👉VMQ-943 23.11.2019 3-band
Savdo avtomatlaridan tashqari barcha koʻchma savdo obyektlari orqali mahsulot sotish yoki xizmat koʻrsatish uchun onlayn-NKT va bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminali oʻrnatish shart.
Yuqoridagi meʼyorlardan kelib chiqadigan boʻlsak, savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulotlar uchun onlayn-NKT cheki berish talab etilmaydi.
koʻchma savdo — koʻchma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turgʻun savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish.
koʻchma savdo subyektlari — koʻchma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy va yuridik shaxslar.
👉 VMQ-485-son 03.08.2021 1-ilova
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads