TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#hamkorlik

Transfert narxlarni belgilashda xalqaro tajriba

2023-yilning 22-23-avgust kunlari “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasining malakali ekspertlari ishtirokida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Mavzu – “Transfert narxlarni belgilash asoslari: kompaniyalarni tanlashga strategik yondashuv, taqqoslash usullari va bozor bahosini hisoblash”.

Oʻquv kursi davomida “KPMG” ekspertlari ilgʻor xalqaro tajribalar, shu jumladan, transfert narxlarni nazorat qilish usullarini amaliyotdagi misollar bilan tushuntirib berdi.

Soliq organlari xodimlarini mazkur yoʻnalishdagi bilim koʻnikmalarini oshirish maqsadida kelgusida ham “KPMG” ekspertlari ishtirokida oʻquv kurslarini davom ettirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kursi 2021-yilning mart oyida Soliq qoʻmitasi va “KPMG” tomonidan imzolangan Memorandum doirasida tashkil etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷 Respublikamizning tuman va mahallalari kesimida oʻtkazilib kelinayotgan sayyor qabullar jarayonida muammolari bartaraf etilayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda.

🔹Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Tadbirda 4-sektor masʼullari yashash sharoiti ogʻir, bemor va himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan yoʻllangan 32 ta murojaat va takliflarning 15 tasini joyida hal etib, vaqt talab qiladigan boshqa masalalarni oʻrganishni boshlab yubordi.

Jumladan, 5 ta subsidiya, 3 ta safarbarlik chaqiruv rezervi va 6 ta toʻlov kontraktni 50% toʻlab berish sertifikatlari hamda 1 dona nogironlik aravachasi murojaatlar asosida oʻz egalariga topshirildi. Shuningdek, dori-darmon va moddiy yordam soʻragan 17 nafar aholiga koʻmak berish ijrosi ham nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Soliq sohasidagi savolga mutaxassis sharhi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi.

🔹Batafsil🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#alkogol_tamaki

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

☝️ Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Soliq organlari
:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

👉 Batafsil

🖊 Qonun bugun – 26-avgustdan kuchga kirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savdo_avtomati_kochma_savdo

Savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulot uchun onlayn-NKT cheki beriladimi?

Savdo avtomati bu
— naqd pul yoki boshqa toʻlov vositalarini qabul qilgandan soʻng sotuvchining ishtirokisiz tovarlar berish orqali xizmat koʻrsatuvchi savdo uskunasi (vending machine). Savdo avtomati turgʻun yoki koʻchma savdo obyekti shaklida boʻlishi mumkin.
👉VMQ-75 13.02.2003

Savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni koʻrsatishda onlayn-NKTdan foydalanish talab etilmaydi.
👉VMQ-943 23.11.2019 3-band

Savdo avtomatlaridan tashqari barcha koʻchma savdo obyektlari orqali mahsulot sotish yoki xizmat koʻrsatish uchun onlayn-NKT va bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminali oʻrnatish shart.

Yuqoridagi meʼyorlardan kelib chiqadigan boʻlsak, savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulotlar uchun onlayn-NKT cheki berish talab etilmaydi.

koʻchma savdo
— koʻchma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turgʻun savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish.

koʻchma savdo subyektlari — koʻchma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy va yuridik shaxslar.
👉 VMQ-485-son 03.08.2021 1-ilova

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Iyul oyida qaysi korxonalar cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan?

2023-yil iyul oyida Soliq mobil ilovasida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan.

Iyul oyida cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar

▶️"Anglesey Food” MChJ XK:
3,1 mlnta chek, 4,3 mlrd soʻm keshbek;
▶️“Havas Food” MChJ QK:
1,8 mlnta chek, 822,8 mln soʻm keshbek;
▶️“Darvoza Savdo” MChJ:
458,9 mingta chek, 307,7 mln soʻm keshbek;
▶️“UNG Petro” MChJ:
317 mingta chek, 1,1 mlrd soʻm keshbek;
▶️“Urban Retail” MChJ:
259,1 mingta chek, 524,8 mln soʻm keshbek;
▶️“Mak Food Servis” MChJ:
244,3 mingta chek, 185,1 mln soʻm keshbek;
⬆️“Best Quality Products” MChJ:
216 mingta chek, 145,1 mln soʻm keshbek;
⬇️“International Foodchain” MChJ:
199,9 mingta chek, 194,4 mln soʻm keshbek;
▶️“Namangan-Istiqlol Bog‘i” MChJ:
170 mingta chek, 271,5 mln soʻm keshbek;
▶️“Cheese Day” MChJ:
139,6 mingta chek, 111,9 mln soʻm keshbek;
▶️“Grand Pharm Trade” MChJ:
126,8 mingta chek, 463,9 mln soʻm keshbek;
▶️“Xalq Retail” MChJ:
116,8 mingta chek, 44,8 mln soʻm keshbek;
▶️“New Retail” MChJ:
110,6 mingta chek, 28 mln soʻm keshbek;
▶️“Nika Farm Servis” MChJ:
93,9 mingta chek, 91,5 mln soʻm keshbek;
▶️“Magnum Retail” MChJ XK:
92,7 mingta chek, 148 mln soʻm keshbek;
▶️“Osiyo Trade Biznes” MChJ:
82,1 mingta chek, 1,7 mlrd soʻm keshbek;
⬆️“Angren Charm Invest” MCHJ QK:
63,5 mingta chek, 99,8 mln soʻm keshbek;
⬇️“Ovayxon” XK:
61,8 mingta chek, 48 mln soʻmlik keshbek;
⬆️“Intran Servis” MChJ:
59,8 mingta chek, 126,2 mln soʻm keshbek.
⬇️“Legion CO” XK:
59,2 mingta chek, 108 mln soʻm keshbek;

▶️ reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan
⬆️ reytingda yuqoriga ko'tarilgan
⬇️ reytingda pastga tushgan

👉
Iyun oyi reytingi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Zehnlilik – bu bir-biriga zid kelib qolgan turli fikrlar orasidan to‘g‘risini topa olish, birining xatoligini ko‘rsatib bera olish, nohaqini to‘g‘rilab, munozaralardan eng haq fikrni ko‘rsata olish quvvatidir.

Forobiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

55-modda. Soliq qarzi

Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram