TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
πŸ“žCall Markazi 78-140-3232
πŸ“ž (0-371) 244-54-86
πŸ“ž (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchtepa #Farmoyish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 2023-yilning 22-iyulida "Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyish qabul qildi.

Ushbu farmoyish bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumani tajriba sifatida belgilandi. Mazkur farmoyish bo'yicha Toshkent shahrining iqtisodiy tizimlaridan jami 448 nafar mas'ul xodim Uchtepa tumanidagi mahallalarga biriktirildi. Jalb etilgan mas'ullarning vazifasi soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish, hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma'murchiligi bilan bog'liq muammolarini o'rganish va joyida hal qilish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o'rinlarini ko'paytirishdan iborat.

Tadbir boshlangan 22-iyul sanasidan 24-iyulgacha bo'sh turgan binolar, past quvvatda ishlayotgan korxonalar o'rganib chiqildi. Ularning faoliyatini qayta tiklash hisobiga 340 ta yangi ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

Yurtimizda oshirilayotgan bunday islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad xalqni rozi qilish, tadbirkorlarga ko'mak berish va ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

πŸ”°kanalga ulanishβœ…
@toshkent_shaharDSB
#Olmazor #mahallabay #farmoyish #soliqchi_koΚ»makchi

βœ…O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 2023-yilning 22-iyulida "Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyish qabul qilgan edi.

Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan Olmazor tumani soliq inskepsiyasi xodimlari tuman mahallalarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi ishlarni boshlab yubordi.

Mahalla darajasida donabay-korxonabay ishlashdan ko'zlangan asosiy maqsad tadbirkorlaga ko'makchi bo'lib, ularni qiynayotgan iqtisodiy masalalar yechilishiga manzilli yondashish natijasida yangi ish o'rinlari va byudjetga qo'shimcha tushum jalb etishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram