Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#yoshlarkuni
Bayramingiz bilan, Oʻzbekiston yoshlari!
Qadrli yoshlar, Vatanimiz kelajagi boʻlgan Siz azizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala boʻlib kelgan.
Ayniqsa, soʻnggi yillarda kelajagimiz egalarini zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydondalarda erkin raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan islohotlar yanada jadallashdi.
Xususan, soliq sohasi uchun zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yosh kadrlarni yetishtirib berayotgan Fiskal institut hamda Toshkent, Buxoro va Fargʻona soliq texnikumlari ham ushbu islohotlar mahsulidir.
Hozirda Fiskal institutda 3 ming nafarga yaqin, soliq texnikumlarida 700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz zamoaniviy bilimlarni puxta egallamoqda.
Ushbu taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan yoshlar muqaddas Vatanimizning fidoyi, jasur, bilimdon va baxtli yoshlari boʻlib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.
Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yuring, taraqqiyot choʻqqilarini egallashga intilib yashash doimiy hamrohingiz boʻlsin!
Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalar asosiga qurilayotgan bugungi zamon Sizlardan Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagi uchun yanada koʻproq oʻqib-oʻrganishni, bashariyat tamadduniga xizmat qiluvchi olamshumul kashfiyotlar qilib millat shaʼni va qadr-qimmatini yanada yuksaklarga koʻtarishni talab etadi.
Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.
Soliq xizmati organlari jamoasi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter