TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qonun_loyihasi

Deputatlar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

🔸11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti ogʻir” boʻlgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish;
🔸foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishini bekor qilish;
🔸davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish;
🔸kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer soligʻini hisoblash tartibi qoʻllanishini toʻxtatib turish;
🔸elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qoʻllab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish.

👉Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi
__________
#законопроект

Депутаты одобрили внесение изменений в Налоговый кодекс

На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса депутатами принят в первом чтении проект закона «О внесении изменений и дополнений в Налоговый кодекс Республики Узбекистан, в связи с совершенствованием отдельных положений порядка исчисления налогов».

Документом предусматривается:

🔸предоставление временных налоговых льгот 47 районам 11 областей с тяжелыми условиями;
🔸отмена повышенных ставок
налогов на имущество и землю в отношении собственников неиспользуемых объектов;
🔸совершенствование порядка налогообложения земельных участков, предоставленных в аренду, отведенных государственным органам, учреждениям и организациям на праве постоянного пользования;
🔸приостановление порядка исчисления земельного налога по налоговой ставке в трехкратном размере для собственников жилых домов без кадастровых документов;
🔸развитие специализированных центров электротехнических предприятий путем стимулирования внедрения инновационных технологий.

👉Общественное обсуждение законопроекта

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Sergeli
#Yangihayot
#korrupsiya

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlari joriy yilning 21-iyun kuni Sergeli tumanida davom ettirildi.

Toshkent shahar soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Yangihayot hamda Sergeli tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. "Korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida o'tkazilgan muhokamaviy suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir
#Shayxontohur
#Chilonzor
#korrupsiya

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

❇️Yuqoridagi kabi targ'ibot tadbirlari joriy yilning 21-iyun kuni Bektemir, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida ham o'tkazildi.

🟢Uchrashuv davomida tuman soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan korrupsion illatlarga qarshi kurashish masalasida jamoaviy profilaktik suhbatlar olib borilib, huquqbuzarliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #Yangihayot #Olmazor
#korrupsiya

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Sergeli, Yangihayot va Olmazor tumanlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB